milsum →  Yangi 2010 yil ITishniklarga muborak!

Avvalam bor barcha AT sohasiga befarq bo'lgan do'stu birodarlarni kirib kelayotgan bayramlar bilan tabriklayman va yangi yilda tinchlik, xotirjamlik, salomatlik va omadlar tilayman.

2010 yilda bu resursni qanaqa bo'lishini xohlar edim:
1-chi o'rinda muloqot qilish joyi, tushinmagan narsalarni so'rab olish, yangiliklar bilan bo'lishish. To'g'ri, xatosiz yozish bu madaniyat belgisi, lekin xatolar uchun foydalanuvchilarni bezitish yangi resursga xavfli deb o'ylayman. Kelilar xatolarni ko'rsataylik, lekin xato qilgan odamni kamsitmasdan. Har bir yaxshi yozilgan fikrga shukr qilib, resursni rivojlanishiga hissa qo'shishiga ko'mak qilaylik.

Zo'r maqolalarni zo'rlar yozadi, lekin tabiiy undaqalar ko'p emas. Zo'rlar zo'r yozsin, qolganlar qo'lidan kelguncha!

Men yana bitta resursga a`zoman, bu programmer.uz, saytni afzalligi yangi yozilgan maqola to'la to'kiz email orqali a'zolariga etkaziladi. Saytga kirmasdan turib maqoladan matnidan xabar topish mumkin. Menga judayam yoqadi, chunki telefon orqali xatni o'qib yangi maqolalardan to'liq ma'lumotga ega bo'laman.

Asosiysi yozmoq, bahslashmoq, bir birimizdan ma'naviy, madaniy va texnologik ozuqa olmoq.

Hozirda meni css, javascript, ajax, php, mysql texnologiyalari qiziqtiryapti. CMS lardan, o'sha, 3-ta asosiylari: Wordpress, Joomla, Drupal. Juda freelance mavzulari qiziqtiryapti. Bu mavzular bo'yicha tuzikroq narsa yozish uchun ozgina tajribaga ega bo'lish kerak. Wordpress va veb dizayn blog mavzulari bor ekan. Endi Joomla, Drupalchilar ham fikrlarini bildirishsa yaxshi bo'lar edi.

Yan bir bor barchamizga ayomlar muborak!

Asosiy tilagim webdot.uz -ga 2010 yilda uzliksiz faoliyat ko'rsatib, faoliyatimiz natijasida ko'p, ko'p yaxshiliklar hammamizga keltirsin.

p.s. Lekin qandaydir berk masson lojalarga qarshi bo'lar edim. ;-0
2


Rasm qo`yish
Fayl:
Manzil:
To`g`irlash:
Matn:
Izohlar(2): 
milsum 4 января 2010, 14:23 #
0 
oz-moz, muzdan qarshi qirqib qo'ydim ;)
uzblogger 2 февраля 2010, 08:26 #
0 
Tabrik uchun rahmat :)

Faqatgina ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar izohlarini qoldirishlari mumkin. Iltimos, o`z nomingiz bilan kiring, ro`yxatdan o`tmagan bo`lsangiz ro`yxatdan o`ting.