3 ta a`zo
ovoz bergan

Ushbu blogda qiziqarli hikoyalar yig'ib boriladi.

Hikoyalar →  SEVGIning ko`zi nima uchun "ko`r" !!!?

Bu aytmoqchi bo`lganim bir hikoya va afsona yoki rivoyat yoki… Sizning qanday tushunishingizga bog`liq.
Bir kuni insonladagi barcha oliy his- tuyg`ular inson tanasini tark etib, o`zaro yig`ilib, go`zal bir bog`da berkinmachoq o`yinini o`ynashibdi. Yashiringanlarni topish navbati QALBga kelibdi. QALB barcha his- tuyg`ularni axtarib topibdi, faqat SEVGIni topa olmabdi. Shunda u butun bog`da qizil atirgul bilan gullar orasidan axtaribdi, lekin topa olmabdi. Shunda bog`da gullar orasidan yig`i tovushi kelayotganini eshitibdi. Ko`rsaki, yig`lab o`tirgan tuyg`u SEVGI ekan. Shunda bilibdiki, QALBning qo`lidagi qizil atirgulning tikanlari sevgining ko`zlariga kirib, uni ko`r qilgan ekan. Shundan so`ng doimo SEVGI QALB bilan doimo birga ekan, va SEVGIni qo`lidan yetaklab, QALB uni doimo o`z himoyasida olib yurar ekan.
Barchaga Ollohim haqiqiy ishq va sevgini nasib etsin!!! Doimo SEVING VA SEVILIB YASHANG!!!
-1

Hikoyalar →  Qariyaning hadyasi

Qariya yigitning cho’ntagiga bir nimalarni solar ekan:
— Baraka top, o’g’lim. Men kabi bir qariyani yangidan tug’ilgandek xursand qilding. Shu kichik hadyamni ham olsang juda xursand qilarding.
Yigitcha, bajargan ishini boshlamasdanoq nimalar amalga oshishini bilar edi. Yo’l chetida yig’lab turgan t¢rt-besh yoshdagi bolakayni qayerdan kelganini surishtirib b¢lgach, taksiga ¢tkazib uyiga eltib q¢ygandi. Ammo yigitcha, uyni topib kelganida balandparvoz umidlari chilparchin b¢ldi. Yo’l b¢yi ¢ylab kelgan katta hovuzli, ¢zi boshqariladigan sputnik antennali villa ¢rniga oldida bir kulbai vayrona turar edi. Ustiga-ustak eshikni ham bolaning bobosi ochib, bolani topilganidan xursand holda yigitning ch¢ntagiga bir nechta tanga solib q¢ygan edi.

( Davomi )
0

Hikoyalar →  Metrodagi skripkachi — ijtimoiy tajriba

Quyida juda g'amgin hikoya keltiriladi. Mavzu — odamlarning atrofni qabul qilishi, didi va birinchi o'ringa qo'ygan narsalari haqidagi ijtimoiy tajriba.

Sovuq yanvar tongida, Vashingtondagi metro bekatida bir kishi skripkada musiqa chalishni boshladi. 45 daqiqa davomida u 6 ta asar ijro etdi. Bu vaqt ichida, harakat avj oladigan payt bo'lgani uchun, uning oldidan bir mingdan ortiq odam o'tib ketdi, ularning ko'pchiligi ishga ketayotgan edi.

Uch daqiqa o'tgandan so'ng o'rta yoshli erkak kishi musiqachiga e'tibor berdi. U qadamlarini sekinlatdi, bir necha soniyaga to'xtadi va… ishiga chopib ketdi.


( Davomi )
5

Hikoyalar →  O'g'ri

Quyosh o’zining qonli izlarini qoldirib, ufq qa’riga singib ketganiga ham chorak soatdan oshgan. Hovlining etagida devor vazifasi o’rnida ekilgan teraklarning uchini mayin shabada qimirlatmoqda. Ajablanarlisi shundaki, ushbu hovli ham qishloqning boshqa uylari kabi devor bilan o’ralmagan. Lekin uy bilan oshxona o’rtasiga kattakon temir darvoza o’rnatilgan. Ana shu darvozaning kichkina tabaqasi ochildi-yu, yoshi bir joyga borib qolgan bo’lsada ko’sa soqolli, uzun «jelak» kiygan kishi kirib keldi. Bu kishi qishloqning obruli kishilaridan hisoblangan mulla To’ra edi. Uni ba’zilar mulla buva deb atashsa, ba’zilar orqavarotdan «ko’sa» ham deb gap qilishardi. U uyiga kirganida kechqurungi ovqat suzilgan, oila a’zolari dasturxon atrofida jam bo’lishgandi. Mulla To’ra odati bo’yicha dasturxon to’rini egalladi. Ovqat yeyish bilan birga suhbat ham boshlanib ketdi.


( Davomi )
2

Hikoyalar →  Тo‘rt shаm

Bir xonada to‘rtta sham sokin yonardi. Xonada, shu qadar sokinlik hukm surar ediki, ular orasidagi shivirlashlar ham bemalol eshitilardi.
Birinchi sham «Men – tinchlikman» debdi. «Afsus, hech kim meni doim yonib, atrofimga yorug‘lik sochib turishimga yordam bermayapti. Endi esa so‘nish arafasida turibman»… va u sokingina qorong‘ilikka ko‘milibdi… Ikkinchi sham «Men – Iymonman» debdi. «Ammo, endi kerak ekanligimga ishonmayman… yonib turishimning ham hech bir qiymati yo‘q»,derkan, yengil shabada unining yorug‘ligini ham so‘ndiribdi… Uchinchi sham juda xafa ko‘rinardi. «Men – Sevgiman, lekin atrofimga yorug‘lik sochishga kuchim qolmadi. Insonlar meni doim bir burchakka surib qo‘yishadi. O‘zlariga eng yaqin bo‘lganlarni ham sevmay qo‘ydilar...» deya sevgi shami ham so‘nibdi… Shu vaqt xonaga bir bola kiribdi.


( Davomi )
6

Hikoyalar →  Oson hayot

Kichik xizmatchi devonxonadan chiqib imperatorning hashamatli saroyiga qarab: «Eh, qani edi qirol oilasida tug'ilsam-u, hayot juda ham oson kechsa...», — deb o'ylaydi. So'ng, u shahar markaziga qarab yo'l oladi. U yerdan bolg'aning taraq-turuqi va boshqa shovqinlar eshitilar edi. Bu yerda ishchilar bosh maydonda yangi bino qurayotgan edilar. Ulardan biri qog'ozlarini ko'tarib olgan xizmatchini ko'rib: «Eh, nega men otam aytganidek, o'qishni davom ettirmadim, kun bo'yi yozuv-chizuv bilan shug'ullanib, o'zimni qiynamas edim, hayot naqadar oson kechar edi...», — deb o'ylaydi.

Bu paytda imperator o'zining saroyidagi katta derazani oldiga kelib, maydonga qaraydi. U ishchilarni, xizmatchilarni, sotuvchilarni, xaridorlarni, bolalarni va kattalarni ko'rib, kun bo'yi toza havoda bo'lib, jismoniy mehnat bilan shug'ullanish naqadar maroqli ekanligi, yoki umuman ko'cha daydisi bo'lib, siyosat va boshqa qiyin ishlar bilan shug'ullanmaslik qanday yaxshi ekanligi haqida o'ylaydi.

— Shu odamlarning hayoti naqadar oson-a, — eshitilar-eshitilmas deydi u.

Muallifi noaniq.
4