Hikoyalar →
Metrodagi skripkachi — ijtimoiy tajriba
Quyida juda g'amgin hikoya keltiriladi. Mavzu — odamlarning atrofni qabul qilishi, didi va birinchi o'ringa qo'ygan narsalari haqidagi ijtimoiy tajriba.
Sovuq yanvar tongida, Vashingtondagi metro bekatida bir kishi skripkada musiqa chalishni boshladi. 45 daqiqa davomida u 6 ta asar ijro etdi. Bu vaqt ichida, harakat avj oladigan payt bo'lgani uchun, uning oldidan bir mingdan ortiq odam o'tib ketdi, ularning ko'pchiligi ishga ketayotgan edi.
Uch daqiqa o'tgandan so'ng o'rta yoshli erkak kishi musiqachiga e'tibor berdi. U qadamlarini sekinlatdi, bir necha soniyaga to'xtadi va… ishiga chopib ketdi.
Bir daqiqadan so'ng skripkachi dastlabki ish haqiga ega bo'ldi: bir ayol skripka g'ilofiga pul tashladi va to'xtamasdan, yo'lini davom ettirdi.
Yana bir necha daqiqadan so'ng bir erkak kishi devorga suyanib, musiqani eshita boshladi, bir oz o'tib, soatiga qaradi va ishiga ketdi.
Musiqachiga eng katta e'tiborni uch yoshli bolakay qaratdi. Uning onasi shoshilgancha o'g'lini olib ketayotgan edi, ammo, bolakay skripkachiga qarash uchun to'xtaydi. Onasi uni qo'lidan qattiqroq tortdi va bolakay nuqul orqaga qarayverib, yo'lini davom ettirdi. Bu holat bir necha boshqa bolalar bilan ham qaytarildi. Hamma ota-onalar ularni bir daqiqaga ham to'xtashga qo'yishmadi.
45 daqiqalik musiqa ijrosi davomida faqatgina 6 ta odam oz fursatga to'xtab, musiqani tinglashdi, yana 20 tasi qadamini sekinlatmay, pul tashlashdi. Musiqachining haqi $32 ni tashkil etdi.
Yo'lovchilardan hech kim skripkachi — Joshua Bell, dunyodagi eng yaxshi musiqachilardan biri ekanligini bilmadi. U hamma zamonlarda yozilgan asarlardan eng murakkablaridan birini ijro etgan edi, musiqiy asbob bo'lib esa, unga $3,5 million turadigan Stradivari skripkasi xizmat qilgan edi.
Metroda musiqa chalishdan ikki kun oldin u Bostonda konsert bergan, u yerda zal liq to'la bo'lib, chiptaning o'rtacha narxi $100 ni tashkil etgan edi.
Joshua Bellning metrodagi musiqiy chiqishi Vashington Post gazetasining odamlarning atrofni qabul qilishi, didi va birinchi o'ringa qo'ygan narsalari haqida ijtimoiy tajribasining bir qismi edi. Tajriba prinsiplari quyidagilar bo'ldi: har kungi holatda va noqulay paytda: Biz go'zallikni his qilamizmi? Uni baholash uchun to'xtaymizmi? Kutilmagan paytda iste'dodni farqlay olamizmi?
Tajriba xulosasi: Agar biz sayyoraning eng yaxshi musiqachilaridan biri ijro etayotgan hamma zamonlarning eng chiroyli musiqiy asarini tinglash uchun vaqt topa olmasak; agar hozirgi hayotning sur'ati shunchalik shiddatli bo'lib, biz bunday narsalar uchun ko'r va kar bo'lib qolayotgan bo'lsak — unda biz bundan tashqari yana nimalarni ilg'ay olmayapmiz?
Tarjima qilindi: http://habrahabr.ru/blogs/i_am_clever/55717/
Asli: http://www.egodialogues.com/general/violinist-in-metro.php
P.S. Toshkent metrosida bir keksa kishi cho'plarda piyola aylantirib yurishini kim ko'rgan? :)

© 2009 |
— Estradamiz yulduzlari ovozi yo'q bo'lsada, qichqirib bergani uchun millionlab pul olsa, mana bu inson singari haqiqiy musiqachilar pulga zor…
…balki pulga zor emasdur… balki u ham Bell singari ijtimoiy test o'tkazib ko'rgandur… vAllahu a'lam…
Har gal shu metro bekatidan chiqar ekanman, beihtiyor shu musiqani eshitgim keladi… qarab qo'yaman. Yo'q.…
Bir kun Mirsa, To'lqin, va boshqa bollar bilan shu bekatga kirib ketishda(yo chiqib ketishdami) shu gitarachini eslagandim… esiladami guys?
Man metroda keksa chol cho'pda piyola aylantirib yurganini ko'rgandim.
Adashmasam Amur Temurdan bekatidan to Chilonzorgacha ko'zimni uzmasdan qarab kelganman. Qoyil lekin. Hech kimdan hech nima so'ramagandi ham. Manimcha oldin sirkda ishlagan, yo qiziqish.
shunday ekan inson o'zligini qalb go'zalligini saqlab qolmoq insoniyatni
eng dolzarb muammosidir darvoqe vaqt insonni eng buyuk dushmanidir bizni go'zallikdan umuman tsum yonidagi yoqimli sunnay ovozidan mahrum qiladi
ishlarga omad.
Faqatgina ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar izohlarini qoldirishlari mumkin. Iltimos, o`z nomingiz bilan kiring, ro`yxatdan o`tmagan bo`lsangiz ro`yxatdan o`ting.