2 ta a`zo
ovoz bergan

ITishnik.Biz saytiga oid takliflar, talablar, muammolar, yangiliklar hamda o`zgarishlar haqida shu blogda o'zingizni maqolalaringizni yozishingiz mumkin.

ITishnik.Biz →  O'zgartirishlar

Man Azgina o'zgartirish kerakligini taklif qilaman.

1. Topic title rangi, Link Topic rangiga judaham o'xshab ketadi. rangini boshqacharoq rangga o'zgar tirish kerak dib o'yliman

2. Ko'tarish va Tushurish strelkalari ham judaham to'q rangda… maqolani o'qishga qiyinchilik tug'diradi.

-1

ITishnik.Biz →  ITishnik.Biz uchun super maqola yozish sirlari

So'nggi paytlarda habrahabr.ru ITishnik.Biz saytini ochar ekanman, aksariyat maqolalar boshqa saytlarda keltirilgan maqolalardan ilhomlanib ko'chirib yozilganligi biroz dilni xira qilmoqda.

«O'zbekcha bo'lsa, bo'ldi-da!», «Hamma ham u saytlarni o'qimaydi, aqllilik qilma!» degan plakatlarni ko'tarib, shaharning markaziy ko'chalarida offlayn piket uyushtirishdan oldin, chuqur nafas olib, ushbu postni oxiriga qadar o'qib chiqishni maslahat beraman.


( Davomi )
4

ITishnik.Biz →  Saytimiz endi yangi serverda



ITishnik.Biz va bir nechta notijoriy loyiha-saytlarimizni UZINFOCOM Ma'lumotlar Markazining (DataCenter — DC.uz) texnik maydonidagi serverimizga joylashtirdik. Colocation xizmatini ko'rsatuvchi mazkur Ma'lumotlar Markazi loyihalarimizning notijoriy maqsadda ochilganligi tufayli ancha chegirmalar taqdim etmoqda. Buning uchun UZINFOCOM rahbariyatiga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
Sayt o'z serveriga ega bo'lishida esa dedexes va Behzodlarning xizmati beqiyos bo'lib, ularga ham o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

P.S. Serverimizning dasturiy ta'minoti va supportiga o'z yordamlarini berib kelayotgan Geniuz va ShraNetlarga ham rahmatlar aytib qolamiz.
4

ITishnik.Biz →  Statistika



ITishnik.Biz sayti statistikasini kuzatib borish uchun 22 fevral kuni Google Analytics xizmatidan foydalanishni boshladim. Mana to'liq ikki hafta ichida saytimiz statistikasida quyidagi o'zgarishlarni kuzatishimiz mumkin:
185 ta mutlaq haqiqiy foydalanuvchi;
644 marta tashrif;
3317 marta sayt sahifalari ko'rilgan;
644 tashrifning:
61,49%i FireFox brauzeri orqali;
88.98%i Windows operatsion tizimi orqali;
67,7%i O'zbekiston hududidan;
70.96%i qayta kiruvchi va 29.04%i yangi foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan.
6

ITishnik.Biz →  Xatolik: Rasm yuklab bo`lmayapti

Yangi hostingga kuchirish jarayonidagi xatoliklarmi yoki boshqa sabablarga ko'ra saytga rasm yuklab bo'lmayapti. Buning ustida izlanishlar, to'g'irlanishlar olib borilmoqda. Agar maqolangiz yoki izohingizga rasm qo'yish kerak bo'lsa, boshqa manzildagi rasmga yo'lni ko'rsatasizlar.

<img src="http://vashsayt.ru/testovayakartinka.jpg">
 


P.S.
1

ITishnik.Biz →  Sayt TASIX hostingiga ko`chirildi

Mana kechga yaqin DNS serverlar o'zgargandan keyin, saytni Billur Comdan olgan TASIX hostingiga ko'chirib qo'ydim. Ko'chirish mobaynida uForumda ayrim gaplar bo'lib o'tgan ekan. Sayt ochilsa yoki yaxshi loyiha yo'lga qo'yilsa xursand bo'lishmaydi ayrimlar, lekin sayt sal bee'tiborlik bilan yoki tajribasizlik bilan biron xatolikka yo'l qo'yilsa, mazza qilib, kulishni bilishadi. Lekin o'z yo'limizda engashmay-og'ishmay, loyihani rivojlantirishni davom ettiraylik. Sayt ijodkorlari, sizlarning qo'lingizdan hamma narsa keladi, faqatgina yalqovlik kasalligiga yo'liqmasdan, qiziqarli maqolalaringizni yozishda davom etingiz.

P.S. TASIX hostingi muborak bo'lsin :)
2

ITishnik.Biz →  Браузерлар уруши

Бу ҳикоя аслида «Ўзбек тилидаги IT-журнал» (OpenNet лойиҳаси) учун махсус таржима қилинган эди. Бутун бошли ҳамжамият IT-нашрни ташкил этгунча бўлмай, T.Yusupov жаноблари яккахон ижро асосида бу ишни ўзи чиройли қилиб бажариб қўя қолди. (Таҳсинга лойиқ). Ҳазиломуз тарзда битилган ушбу бадиий асар (уни асар дейишга ҳам тилим бормайди, балки асарча)да барча воқеа ва қаҳрамонлар тўқима дейишдан йироқман.

( Гапни чўзмай мақсадга ўтамиз )
3

ITishnik.Biz →  .uz domeni uchun nom tanlash

Mazkur saytni .uz zonasiga o'tqizish bo'yicha juda ko'p takliflar va talablar tushmoqda. Shu masalani hal qilish uchun avval saytimizni original nomini tanlash kerak. Men Birodar akamiz bilan bir suhbatlashganimizda bir qancha nomlarni qarab chiqqan edik. Shu nomlarni e'tiboringizga havola etmoqchiman. Agar ichida sizga yoqqan nomlar bo'lsa, izoh qoldiring. Eng ko'p ovoz olgan yoki yangi taklif qilingan nomlar e'tiborga olinib, kelasi haftada sotib olinadi.


( Davomi )
2

ITishnik.Biz →  Jamoaviy bloglarga qo`shilish va ularga maqola yozish

Siz shaxsiy blogingizga maqola yozishdan tashqari jamoaviy bloglarga ham maqola yozishingiz mumkin. Buning uchun bosh sahifaning eng yuqori qismida joylashgan «Bloglar» manziliga tashrif buyurasiz. U yerda jamoaviy bloglarning ro'yxati bo'lib, siz ro'yxatdagi biror blogning qatoridagi rasmini bossangiz, siz o'sha jamoaviy blogga hammuallif bo'lib qo'shilasiz. Va odatdagiday, rasmini bosib, «Qaysi blogda chop etmoqchisiz?» degan ro'yxatdan o'sha siz hammuallif bo'lgan blogni tanlaysiz va maqolangizchi kiritib, chop qilasiz. Maqolangiz siz hammuallif bo'lgan jamoaviy blogda chop etiladi va bosh sahifada chiqishi uchun siz kamida bitta ijobiy ovoz olishingiz kerak bo'ladi.
2

ITishnik.Biz →  Shaxsiy blogimizga maqolani qanday yozamiz?

Siz saytda ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng, sizning nomingizga avtomat tarzda shaxsiy blog ochiladi. Shaxsiy blogingizga maqola yozish uchun sayt logotipining pastida joylashgan tugmasini bosib kirasiz. U yerda «Qaysi blogda chop etmoqchisiz?» degan joyda «shaxsiy blogim» degan qatorni tanlab, maqolangiz sarlavhasini kiritasiz. Matn degan joyga maqolangiz jumlasini kiritib, ruknlar degan joyga esa, maqolangizga oid kalit so'zlarni kiritasiz. Ruknlar albatta maqolangizga tegishli bo'lishi kerak. Agar maqolangizga hech kim izoh tashlamasin desangiz, «izoh qoldirishni ta`qiqlash» degan joyni belgilab, «chop etish» tugmasini bosishingiz bilan, sizning shaxsiy blogingizda maqolangiz paydo bo'ladi. Sizning shaxsiy blogingizdagi maqolani «Shaxsiy Bloglar» menyusiga tashrif buyurib ko'rsangiz bo'ladi.Shaxsiy blogingizdagi maqolani Bosh Sahifada ko'rishni xohlasangiz, siz maqolangiz uchun kamida bitta ijobiy ovoz olishingiz shart.
2

ITishnik.Biz →  Sayt tarjimasi

ITishnik.Biz saytini tarjima qilarkanman, juda ko'p joylarni tarjima qilishga to'g'ri kelyapti. Beayb Parvardigor deganlaridek, xatolardan xoli emasman. Shunga qayerda tarjimada xatoliklar bo'lsa yoki tarjima qilingan so'zni boshqasiga almashtirish taklifi bo'lsa, shu maqolaga izoh qoldirsangiz. Men bundan albatta xursand bo'lardim.
2

ITishnik.Biz →  Saytni ishga tushirish

Shu kunlarda men ITishnik.biz saytini tarjima qilish va kerakli o'zgartirish ishlarini olib bormoqdaman. InshaAllah, nasib bo'lsa, yaqin kunlarda saytni to'liq o'zbek tiliga tarjima qilib bo'lganimdan so'ng, saytni ochiq deb e'lon qilaman.
Tarjima jarayoni biroz vaqtni olmoqda. Tarjima bilan birgalikda, Loyiha haqida sahifasiga ham to'liq ITishnik.Biz sayti haqida, undan foydalanish, maqola chop etish, ovoz berish, izoh qoldirish kabi masalalarga qonun-qoida ham yozyapman.

Nasib bo'lsa, saytimiz ruslarning HabraHabriday o'zimizda mashhur bo'ladi. Buning uchun albatta harakat qilish kerak!

Albatta, bunday mashshur sayt darajasiga erishish faqat va faqat siz ITishniklar orqali erishish mumkin. Keling, saytimizga qo'shiling va o'z maqolalaringiz, savollaringiz va izohlaringiz bilan faol qatnashing!

Ehtirom ila,
iBlogger
4