ITishnik.Biz →  ITishnik.Biz uchun super maqola yozish sirlari

So'nggi paytlarda habrahabr.ru ITishnik.Biz saytini ochar ekanman, aksariyat maqolalar boshqa saytlarda keltirilgan maqolalardan ilhomlanib ko'chirib yozilganligi biroz dilni xira qilmoqda.

«O'zbekcha bo'lsa, bo'ldi-da!», «Hamma ham u saytlarni o'qimaydi, aqllilik qilma!» degan plakatlarni ko'tarib, shaharning markaziy ko'chalarida offlayn piket uyushtirishdan oldin, chuqur nafas olib, ushbu postni oxiriga qadar o'qib chiqishni maslahat beraman.

Bu maqolani yozishdan maqsad ITishniklarni tanqid qilib, ularni yomon otliqqa chiqarish emas. Aksincha, to'g'ri yo'l ko'rsatish va foydali maslahatlar bilan o'rtoqlashishdir.

Qadimda mashoiyhlar aytganidek «Muammoni yechimini topish uchun, avval muammoni aniqlab olish kerak». Biz ham buyuk mashoiyhlarning qadamlaridan boruvchi qobil farzandlar bo'lganimiz uchun, aynan mana shu yo'ldan boramiz. Butunjahon hamjamiyatini Bizlarni qiynayotgan masala, muammo bu — qirilib ketayotgan noyob maymun turlari ushbu saytda boshqa saytlardan tag-tugi bilan ko'chirilib yoki eplab ko'chira olmay chop etilayotgan maqolalar. Shaxsan meni bu holat haqiqatdan ham g'azablantirmoqda qayg'uga solmoqda.

Bilaman, umrida biror marta bo'lsa ham blog yuritib ko'rgan yoki biron-bir saytda o'zbek tilida maqola yozib ko'rgan foydalanuvchi yuz berayotgan holatni oqlab, millionlab argumentlar keltirishi mumkin. Lekin, jiddiy qaraydigan bo'lsak, hech qaysi bir argument yuqoridagi holatni yechishda yordam bera olmaydi. Shuning uchun ham, biz ITishniklarga hech qanday yupanch kerak emas, bizga haqiqiy yechim kerak. Haqiqiy yechimni topish uchun esa, ushbu maqolani yana bir ozgina qolgan qismini ham o'qib tugatish kerak.

Va nihoyat, dorulomon kunlar keldi bizni qiynayotgan muammoning yechimi haqida gapiradigan payt keldi. Bu yechim «kuf-suf» emas, bu yechimni bir og'iz so'z bilan tushuntirib ham bo'lmaydi. Shuning uchun, super maqola yozish sirlarini biron-bir super maqola orqali ko'rsatib bermoqchiman.

Super maqolani qaysi mavzuda yozishni o'ylab qoldim, agar o'zim yaxshi bilgan mavzu haqida yozsam, hamma xar hil o'ylashi mumkin. Lekin, men yetkazmoqchi bo'lgan falsafa bu istalgan mavzuda hohlagan kishi super maqola yozishi mumkin. Shuning uchun, o'zim yaxshi bilgan mavzularda namuna maqola yozishdan bosh tortdim. Uning o'rniga, ushbu maqola yozilayotgan paytdagi ITishnik.biz saytida chop etilgan eng so'nggi maqola mavzusida namunaviy super maqola yozishga qaror qildim. Ushbu maqola Bing Is Not Google! deb nomlanadi (milsum, hafa bo'lish yo'q, bu tasodif xolos).

Eng avvalo, Bing Is Not Google! deb nomlangan maqolani qisqacha tahlil qilib chiqsak:

Sarlavha: Bing is not Google! — birinchidan, o'zbek tilidagi saytda ingliz tilida sarlavha keltirilgan. To'g'ri, bu yerda ko'pchilik ingliz tilini yaxshi biladi, lekin bilmaydiganlar ham bor. Keyin, o'zbek tilida yozish imkoni bor bo'lsa, nima qilamiz ingliz tilini aralashtirib?
Ikkinchidan, maqola muallifi bu sarlavha bilan nima demoqchi? Ingliz tilini bilmaydiganlar esa umuman tushunmay o'tiribdi.
Uchinchidan, Google deydimi? Google'ga nima aloqasi bor? Biz Bingni Google deb yurgan edik, demak u Google emas ekan-da? — mana shu kabi turli xil bo'lar-bo'lmas savollar yuzaga kelishi mumkin. To'g'ri, sarlavha mazmunini maqola yoritib berishi kerak, lekin bu maqolada ham shundaymikin? Hozir tekshirib ko'ramiz.

Maqola: «Yangi qidiruv tizim virtual hayotga kirib kelmoqda!» — ehhee, demak, bu yangi qidiruv tizimi haqida ekan-ku. Ertaroq aytsa bo'lmasmidi shuni. Juda ham yaxshi, men qayerdan nimani izlashni bilmay o'tirgandim, ushbu maqolaning chop etilgani juda ham yaxshi ish bo'libdi… iya, bu qidiruv tizimining manzili qani? Qani yana bir oz qarab turaychi, balki o'zidan-o'zi ochilib ketar, axir bu inqilobiy qidiruv tizmi-ku!
Jiddiy qilib aytsak, maqolani oxirigacha o'qib chiqib ham, reklama qilinayotgan xabar berilayotgan yangi qidiruv tizimining manizlini topib bo'lmaydi.

«Bing Beta holatida. Balki shuning uchun qidiruvi, hozircha, MDH hududlarini yaxshi qamrab olalmayapti.» — Hm, hududning nimasi qamrab olinmayapti? Yoki bu jug'rofiy qidiruvmikin? Nima nazarda tutilganini 3 kun o'ylab ham tushunib bo'lmasa kerak.

Ushbu maqoladagi eng foydali narsa bu ushbu qidiruv tizimining 3ta fishkasi qulayliklari, afzalliklari ko'rsatilgan. Lekin, ushbu haqiqatdan foydali ma'lumot qolgan befoyda ma'lumotlar orasida o'z qiymatini yo'qotib turibdi.

Endi maqola sarlavhasiga yana bir-bor nazar tashlaymiz va maqolada sarlavhaning «fishkasi» umuman ochib berilmaganligini ko'rib, xo'rlikdan yig'lab yuboramiz sekingina ITishnik.biz saytini yopib, manbaa sifatida keltirilgan bog'ga o'tib ketamiz.


Hali ham o'qiyapsizmi? Qoyil! Bunday sabrli o'quvchini umuman ko'rmaganman.

Mana endi, yuqoridagilardan tegishli xulosa chiqargan holda, super maqolamizni yozishga kirishamiz:

1) Maqola yozishdan oldin, tanlangan mavzu haqida biroz bo'lsa ham ma'lumot qidirish kerak, boshqa o'xshash maqolalarni tahlil qilib chiqish kerak. Buning uchun mavzu haqida qidiruv tizimlari orqali ma'lumot yig'ish kifoya. Ayrim holatlarda esa, turli hil press-relizlardan ham foydalanish zarar qilmaydi. Aksincha, maqolaning jiddiy yozilganligini, ishonuvchanligini belgilab beradi.

2) Sarlavha tanlash bu yangi kashf qilingan yulduzga nom tanlashdan ham oson ish. Bilasiz, asosan yangi kashf qilingan yulduzlarga kashf qilgan insonning nomi beriladi. Maqola sarlavhasi esa oddiy, lo'nda va tushunarli bo'lishi kerak.

3) Maqola mazmuni tanlangan mavzuning nima haqida ekanligini to'la yoritib berish kerak. Ayana bizning misolda esa, o'xshash bo'lgan boshqa servislar bilan qiyoslash kerak. Qulayliklari va kamchiliklari haqida aytib o'tish kerak.

4) Yaxshi uxlay olmagan bo'lsangiz, yoki yaxshi ovqatlanmagan bo'lsangiz, maqola yozishni keyinga surib turganingiz ma'qul :) (hazil)

Yuqoridagi ko'rsatmalarga asoslanib, super maqolani sizlarga havola qilsam, marhamat:

Bing — Microsoftning yangi qidiruv tizimi

Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi qidiruv tizimi — Bing ommaga havola etildi. Ushbu qidiruv tizimining e'lon qilinishi Microsoft kompaniyasining «Qidiruv tizimlar jangi»da qidiruv tizimining gegemoni hisonlangan Googlega o'ziga yarasha javobi desa ham bo'ladi.

Ushbu qidiruv tizimi haqida avvallari «Googlening bo'lg'usida yanchib tashlaydi» degan so'zlarni eshitgan bo'lsangiz, buni darhol unutishingiz mumkin. Lekin shu aytish mumkinki, Microsoftning avvalgi Live Search xizmatidan ancha yaxshi, buni tan olish kerak.

Bing tomonidan taqdim etilayotgan qulayliklar ko'p, lekin ular hozircha AQSHda yashovchilar uchun namoyon etilgan. Masalan, Rossiyaliklar uchun(nimagadur O'zbekistonliklar uchun Rossiyaliklar uchun mo'ljallangan versiyasini taklif qilmoqda) ko'p qulayliklar hozircha mavjud emas. Barcha qulayliklarda foydalanish uchun esa yuqori o'ng tomonda keltirilgan «Россия» bog'i orqali AQSH davlatini tanlab olishimiz mumkin.

Endi Bing qidiruv natijalarni ingliz tilida namoyish qiladigan bo'ldi:


Mana endi Bing qidiruv tizimi taqdim etayotgan afzalliklarga birma-bir to'xtab o'tishimiz mumkin.

Bo'limlarga ajratilgan qidiruv va veb guruhlar


Ushbu qidiruv tizimining o'ziga xos tomonlaridan biri bu qidiruv natijalarini o'ziga xos guruhlarga ajratilganligidir. Yuqoridagi tasvirda ko'rsatilganidek, qidiruv natijalari quyidagi bo'limlarga ajratilgan:
— Images (Tasvirlar)
— Paintings (Rasmlar)
— Biography (Biografiya)
— Books (Kitoblar)
va hokazo. Ushbu bo'limlarni ochsangiz, tegishli maxsus qidiruv natijalariga ega bo'lasiz.

Bundan tashqari, umumiy natijlar qismida ham ushbu bo'limlardan ba'zir-bir bog'lar ko'rsatib o'tilgan:


Tegishli qidiruvlar va qidiruv tarixi


Tegishli qidiruvlar qariyib barcha qidiruv tizimlarida mavjud bo'lgani kabi, Bing ham bundan mustasno emas. Qidiruv tarixi esa, boshqa tizimlarda bunday shaklda mavjud emas.

Eng muhim afzalliklardan biri, mening fikrimcha, natijalardan parchalarni ko'rish imkoniyati:


Ko'p holatlarda, qidiruv natijalarida ko'rsatilgan saytlarda siz qidirgan narsa bo'lavermaydi, mana shunday holatlarda ushbu qulaylik yordam berishi mumkin. Aynan qanday matn sizga taqdim etilayotganini oldindan ko'rish imkoniyati mavjud. Boshqa qidiruv tizimlarida bunday qulaylikni uchratmagan edim.

Yuqoridagi qulayliklar hammasi emas, qolganini o'zingiz bevosita Bing xizmatidan foydalanish jarayonida bilib olishingiz mumkin.

Maqola so'nggida ushbu qidiruv tizimidan ilg'or darajada foydalanish uchun maslahatlar berib o'tmoqchiman.

1) Video qidiruvi bo'yicha natijalarni ustiga sichqonchani olib borishingiz bilan taqdim etilgan video lavhalar sizga namoyish etiladi.

2) Qidiruv operatorlaridan foydalanish.

Masalan: Sherali Jo'rayev contains:mp3

Agar microsoft.com saytidan Windows bo'yicha hujjat qidirmoqchi bo'lsangiz quyidagicha so'rovini amalga oshirish mumkin: Windows site:microsoft.com contains:doc

Agar qidiruv natijalarida faqat RSS manziliga ega bo'lgan saytlarni ko'rmoqchi bo'lsangiz, «hasfeed» operatoridan foydalanishingiz mumkin, masalan: wordpress hasfeed:

3) Qidiruv natijalarinig RSS manziliga ko'chirib olishingiz va RSS o'quvchi dastur orqali kuzatishingiz mumkin, masalan: http://www.bing.com/search?q=leonardo+da+vinci&go=&form=QBRE&format=rss

Agar brauzeringiz RSS tasmalarni aniqlay olmasa, istalgan qidiruv natijasi bog'ining oxiriga
&format=rss
kodini qo'shish natijasida RSS manzilga ega bo'lishingiz mumkin.

Tasvirlarni qidirish borasida esa, menga eng yoqqan narsa bu barcha natijalarning faqat bir sahifada namoyon bo'lishidir, masalan: monica bellucci

Yuqoridagilarni jamlab, xulosa qiladigan bo'lsak, Microsoft kompaniyasi so'nggi yillarda namoyish qilgan foydali xizmatlaridan biri albatta ushbu yangi Bing qidiruv tizimidir. Chunki u o'ziga sodiq foydalanuvchilariga ega bo'lishi turgan gap. Lekin Microsoft ularni qancalik ushlab qola olishi bu ikkinchi masala.

O'zingiz ham ushbu qidiruv tizimini sinab ko'ring va o'z tassurotlaringiz bilan o'rtoqlashing.

Labbay? :) Mana shu yerda, super maqolamiz yakunlandi. To'g'ri, bu super maqolaga tortmasligi mumkin, lekin, nima bo'lganda ham boshqa maqolalarga nisbatan to'liq va batafsil ma'lumotlarga ega deb hisoblayman. Odam yozayotgan maqolasiga, qilayotgan mehnatiga bir oz bo'lsa ham e'tiborliroq va mas'uliyat bilan yondashsa, ITishnk.biz saytida foydali va super maqolalar ko'payaveradi va o'z o'rnida sayt foydalanuvchilari ham ko'payib boradi. O'quvchilar esa beihtiyor tugmasini bosgisi kelaveradi :)
4


Rasm qo`yish
Fayl:
Manzil:
To`g`irlash:
Matn:
Izohlar(31): 
milsum 3 июня 2009, 18:20 #
-1 
tarmoq mehnatkashlariga bo'htonlarni nazarga olinmasa
o'rtacha maqola…
umuman maqola yozish sirlari bo'lishi mumkin,
lekin super maqola degani man hammadan zo'rman degani xolos.
afsus tanqid yozishni ham sirlari mavjud, aniq muallif hali bu san'atni qo'lga kiritgani yo'q
(bu super maqolani 2 nashri bo'lsa ham)
Chunki yangi resursga kirib kelayotgan mualliflarga hurmat va izzat ko'rsatilmasa, ertaga faqat super mualliflar qoladi va bir yilda bir marta yozilgan durdona asarlarini o'qigani ham odam qo'lmaydi
Bizdan ku tanqidingiz g'ozdan suv tushganday (как с гуся вода)
lekin tarmoqqa endigina kirganlar chiqib qaytib kirmasliga muqarrar
Men tanqidga qarshi emas man aslo. Faqat bir birimizni hurmat qilib
muloqot qilishni tarafgoriman.
Masalan men -1 tartib buzarlarga, birovni haqorat qilganlarga, odamlar orasida nizo yoyyatganlarga qo'yaman. Chunki bilamanki bir gapni yozish qanchaliy qiyin, bir xabarni (maqolani emas) tayorlashga soatlar ketishini, maqolani yozishga kunlar ketishini esdan chiqarmaslik lozim va har bir muallifga agar AT -ni rivojlantirishga urinayotgan bo'sa hurmat bajo keltirish kerak.
Vaqti kelib boshlangich bloggerlar ham sifatli maqolalar berishi aniq.
master 3 июня 2009, 20:16 #
0 
Masalan men -1 tartib buzarlarga, birovni haqorat qilganlarga, odamlar orasida nizo yoyyatganlarga qo'yamanBu maqolaga -1 bermadim demang faqat -))
master 3 июня 2009, 20:18 #
0 
Yuqoridagi izohimda blockquote tegidan foydalangan edim, ishlamasakan…

Kezi kelganda aytvolay: iltimos, adminlar izoh yozish formasida blockquote tegidan foydalanish huquqini beringlar :)
uzblogger 4 июня 2009, 12:52 #
0 
Bo'htonlarni ko'rsatib o'tolmaysizmi, agar malol kelmasa?
milsum 4 июня 2009, 13:18 #
0 
boshqa saytlarda keltirilgan maqolalardan ilhomlanib ko'chirib yozilganligi

«O'zbekcha bo'lsa, bo'ldi-da!», «Hamma ham u saytlarni o'qimaydi, aqllilik qilma!»

qirilib ketayotgan noyob maymun turlari ushbu saytda boshqa saytlardan tag-tugi bilan ko'chirilib yoki eplab ko'chira olmay chop etilayotgan maqolalar
uzblogger 4 июня 2009, 15:14 #
0 
Buni nimasi bo'hton?

1) habrahabr manbaa qilib ko'rsatilgan maqolalarning bari u yerda nima bo'lsa, huddi o'shani ko'chirib yozilgan. Masalan, siz chop etgan maqoladagi 3ta fishka mana bu sharhning «kopiyasi».

2) Bu ikki iborani nimasi bo'hton? Siz o'sha paragrafni to'liq o'qisangiz, nimani nazarda tutilganini tushunib olasiz. Siz hozir o'z pozitsiyangizni isbotlashni o'rniga, tirnoq orasidan kir qidirgandek, matn orasidan ma'lum bir iboralarni olib, umuman «ni v temu» gaplar qilyapsiz.

3) «qirilib ketayotgan noyob maymun turlari»ga o'xshagan gaplarni ustidan chizib qo'yilgan, bu o'quvchini zeriktirmaslik uchun qo'llanilgan usullardan biri. Agar buni tushunmagan bo'lsangiz, unda uzr. Bu maqola siz uchun emas ekan.
milsum 4 июня 2009, 23:50 #
-1 
qip-qizil bo'hton :)
bu copy-paste emas…
bizning xabarni ma'lumot, manba bilan ishlash deyiladi,
yozilgan xabar tekshirilib, isbotlangan, screenshotlari berilgan
oxirida manba ko'satilgan,
hech avtorlikni, yoki bu zo'r maqola deb talshgan yoq.
o'sha habrhabrdayam shunday ishlash turiga hech kim ettiroz bildirmaydi
lekin siz bizdan zo'rsiz, hech tan olishni, birovni mehnatini bilmaysiz
Shu joyda nuqta qoyib boshqa bu mavzuga qaytmasligga chaqiraman.
(be'mani tortishuvda hech kim golib bo'lmagan)
xattabych 4 июня 2009, 10:37 #
2 
Agar hamma o'zi bilib chet el blog'laridan tarjimali ko'chirishni to'xtatsa bu manbaa omadli rivojlanadi. Yangiliklar kuniga son mingta, Google ishchilari bloglari, ichki guruhlar, Technorati, Mashable, O'Really, xatto twitterni o'zida har soniyada qandaydir ajoyib yangilik chop etilyapti. Masalan manda bir fikr bor. Google Wave xaqida eshitgan bo'lsangiz kerak. Kelinglar ITshnik.biz uchun Wave API'dan foydalanib Wave maqola qobig'ini yarataylik. Juda zamonaviy va birinchi manbaalardan biri bo'ladi.
milsum 4 июня 2009, 13:13 #
0 
Dunyoda Yangiliklar ko'p, lekin mahalliy holatga mosini robot ajratalmaydi, mahalliy taraqqiyot uchun ularni oddiy AT mutaxassislari ajratib, tahlil va muhokama qilishi zarur. Eshitimcha ITishnik.biz -ni Habrahabr -ga o'xshatishodi shekilik. Va habrahabrda ibratli tomonlari ko'p. Asosiysi o'rtaga dolzarb masalalar (olingan joyi ahamiyatsiz, ko'rsatilsa kifoya) tashlanib tursa deb tushunaman. Maqolalar ham har hil bo'lishi mumkin bo'sh, o'rtacha, yaxshi v.h.

@xattabych wave da yaratish yaxshi, lekin unda ham yana 3-4 odam faoliyat ko'rsatsa rivojlanishi qiyin
Hozircha ITishnik.biz ga ko'prok AT mutaxassislarni taklif qilib shu resursni rivojlantirsak yaxshi bo'larmidi. Chunki texnologiyadan content afzal deb o'ylayman. Keyin bu resursni asosiy o'quvchilari mahalli ATchilar shekilik
Bu fiklrar bilan albatta wave kerak emas demoqchibas man
(shu gapni tuzishga biroz qiynaldim :) )
Wave Api qobiqini ham vaqti bor, tushungan ATchilar qilsin. Lekin u menimcha boshqa loyiha.

Maboda no'tug'ri tushingan bo'lsam to'g'rilab qo'ying ;)
uzblogger 4 июня 2009, 12:56 #
0 
Bu bir maslahat edi xolos. O'sha maslahat tezroq va chuqrroq yetib borishi uchun, mana shunday usulda yo'naltirilgan edi.

Yuqoridagi maqolani o'rtacha ekanligini isbotlashning bir yo'li — bundan-da sifatli maqola yozib «ko'rsatib qo'yish». Kutamiz, bunday maqolaning paydo bo'lishiga qancha vaqt talab qilinarkin.
milsum 4 июня 2009, 13:26 #
0 
Yaxshi jurnalist ham umrida ko'pi bilan 3,4,5 siz demoqchi bo'lgan super maqola yozadi. Men esa oddiy AT mutaxassisi va super maqola yozishga intilmayman. Man nima yozgan bo'lsam 1 o'rinda darslarda ishlatgan materiallar xolos. Agar bu resursda bunday xabarlar ma'qulanmasa, uzr, hammasini qo'chirib olib ketishimz qiyn emas :)
geniuz 5 июня 2009, 07:21 #
1 
o'zim TATUda o'qiman, kursdoshlarimga itishnik.biz ni yaxshi resurs deb aytganimdan keyin, shu siz yozgan materiallarni yaxshi ekan deb aytishdi.
Mirsaid 4 июня 2009, 13:08 #
2 
Man uzbloggerga qo'shilaman. To'g'ri o'zimizda o'zimiz yangilik to'qib yoza olmaymiz. Atrofimizda (O'zbekistonda) IT sohasiga oid yangiliklar juda kam bo'layapti. Shuning uchun birovdan ko'chirishga majburbiz. Lekin ko'chirib turganda bitta manbaga emas bir nechtasiga murojat qilish kere.

p.s: yaqinda BestSoft.uz bo'ldi… Shu haqda bironta maqola o'qiganim yo'q. Toshkentga bora olmaginim uchun u yerda nima qiziqarli narsalar bo'lganini bilolmadim. Lekin shu yerda biron kishi yozsa kere dib kutdim… Yo'q o'rniga google.com ning google so'zi qanaqa qilib va nimaga atab tasvirlangani haqida yangilik o'qidim holos. Qiziq hali ham browserga www.google.com dib yozadigan odamlar bor ekanda -a???
milsum 4 июня 2009, 13:32 #
0 
Biz viloyatda o'tirib topganimiz shu bo'ldi, poytahtda o'tirganlar ham xabar bersin. biz harakatimiz bilan ularni, aksincha, o'sho sodda xabarlar bilan super maqolalar yozdirdik :)
xattabych 7 июня 2009, 10:11 #
0 
Vodiyda o'tirib Google cooperation va Mozilla Party'lar bilan ham shug'illanganmiz:D
Google mahaliy rahbarlari yoki muhandislardan interview olish imkoniyatim bor, savollar yo'qmi mobodo?)
Birodar 4 июня 2009, 17:57 #
1 
Бекорга тортишяпсизлар, жаноблар…
Бунақа «социал» сайтда ҳар қандай мақолага ўрин бўлиши керак, деб ҳисоблайман. Мисол учун, ўша Хабрдаги мақолалар ҳам қандай қилиб бош саҳифага чиқишини яхши биласизлар. Бизнинг бу принцип асосида ишлашимизга эса ҳозирча фойдаланувчилар сони тўсқинлик қилади. Агар ҳамжамият етарли даражада кенг бўлса, мақолалар ҳам савия ва сифат даражасига кўра ўз-ўзидан сараланган бўлар эди. Аввало мақолалар кам, ҳақиқатда сифатли дейиш мумкин бўлганлари эса ундан-да ноёб… Ўзимиз вақт орттириб, бир нарса ёза олмаяпмиз, бу ҳам бор гап. Лекин, сабр билан ҳамма кўп нарсага эришиш мумкин, азизларим…

Бунақа пайтда ҳамма ҳиссиётларимизни «карма» функцияси билан ўз жойига келтириб олишимиз мумкин :)
geniuz 5 июня 2009, 07:26 #
1 
yo'q tortishish kerak albatta, o'sha habr dayam bitta maqolami yangilikmi, yo oddiy bir xabarmi yozilishi bilan o'sha mavzuda tortishuvlar (yoki commentlar) soni 30-40 taga yetadi, agar haqiqatdan sporlashadigan yoki muhokama qilinadigan mavzu bo'lsa 200-300 tadan kam bo'lmaydi (commentlar soni)
Birodar 5 июня 2009, 17:16 #
1 
Тўғри тортишиш керак, мен умуман тортишмаслик керак, демаяпман. Баҳс мунозара ҳамма учун қизиқ. Лекин баҳс учун муносиб мавзу асос қилиб танланиши керак.

T.Yusupov жаноблари, орзуларингиз ушалаётганга ўхшайди…
geniuz 5 июня 2009, 19:06 #
0 
mavzu umuman rol o'ynamidi bahsda. xoxlagan mavzuda bahs qila olgan odam bahs qilish kerak.
uzblogger 5 июня 2009, 09:41 #
0 
Gapingizda jon bor. O'z-o'zidan saralanadigan darajaga hali ancha bor, shuning uchun hozirdan sal e'tiborliroq bo'laylik demoqchi edim xolos.

Menga desa, bilganingizni qilinglar.
geniuz 5 июня 2009, 19:08 #
2 
unaqa demang, sizga manga o'xshagan odamlar shunaqa narsalarni bahs qilib, bir birini tanqid qilmasa, rivojlanish bo'lmaydi. lekin faqat tanqid qilish bilanmas, balki maqtab xam turish kerak.
geniuz 5 июня 2009, 19:13 #
2 
man o'zim programmistman, «super» maqola yozish mani orzuim, lekin unchalik qo'limdan kelmayapti, balki buning uchun qandaydir qobiliyat keredir. qisqasi kim nima yozsa mani umuman qarshiligim yo'q, kerak joyida tanqid qilaman agar hatosi bo'lsa, kerak joyida maqtiyman.
uzblogger 6 июня 2009, 10:20 #
1 
Super maqola bo'lmasin, lekin nimalar haqida gap ketayotganini to'liq tushuntirib o'tsangiz bas. Kimga kerak bo'lsa, o'zi tushunib oladi qabilida yozmasangiz — olam guliston.

Eynshteynning bir gapi bor — «If you can't explain it simply, you don't understand it well enough». Ya'ni, agar biron-bir narsani oddiy qilib tushuntirib bera olmasangiz, demak u narsani o'zingiz hali yetarlicha tushunmagansiz.

Shuning uchun yozilayotgan mavzu haqida yetarlicha ma'lumot olib, keyin yozilsa foydadan holi bo'lmaydi.
milsum 6 июня 2009, 10:27 #
-1 
Hammayam Enshtein bas ku :)
To'g'ri intilish kerak…
uzblogger 6 июня 2009, 10:31 #
0 
Harakat qilinsa ham boshqa Eynshteyn chiqmaydi. Lekin uning qoldirib ketgan gaplaridan o'rnak olish «teshib chiqmasa» kerak…
milsum 6 июня 2009, 10:36 #
0 
Sabr qilinsa hamasi bo'ladi ;)
shranet 6 июня 2009, 00:43 #
3 
Qoyil, boshqa maqolalarda bunchalik ko'p izoh bo'lmasa kerak.
Itishniklar, eskidan qolgan bitta gap bor

7 (hozizga zamonda 777) marta o'lchab bir kes.

Qandaydir tortishuvlar, bahslar va qarshiliklar bo'lgani yaxshi (rivojlanishga olib keladi) lekin bu tortishuvlar maqola ustida bo'lsa (shunda haqiqatdan ham maqolamiz tanqidga uchragandan keyin balki super maqola yozishni o'rganib olarmiz) juda yaxshi bo'lardi ularning muallifini tinch qo'yib. Har qanday odam qilgan mehnatidan (ayniqsa hozirgi zamonda tekin ishga) norozilik eshitsa, shu ishni ikkinchi marotaba qilishi juda qiyin.

Kelinglar mualliflarga nisbatan tanqidni to'xtatib, shu tanqidlarni yig'ib turib shu tanqidlarga ketadigan harflarcha super maqola yozaylik :). Zero chiqib qolar (intilganga tole yor)
xattabych 7 июня 2009, 10:14 #
1 
janoblar aslini olganda amerikacha «kimniki uzun tortishish»ni bas qilib tez-tez yahna O'zbekiston va IT'ga oid xabarlar bilan bo'lishish kerak holos. Maqolaning super yoki unchalik emasligini maanba o'quvchilari hal qilishadi ;)
geniuz 8 июня 2009, 06:23 #
1 
bekorga ovoz berish, va comment yozish qo'yilmaganku, maqola qanaqa chiqqani chiqqandan keyin bilinadi…
uzblogger 9 июня 2009, 17:02 #
0 
To'g'ri, adashganga o'xshayman. Bizda hali sifatlini sifatsizdan ajrata oladigan, atrofidagi narsalarni sifatliroq va e'tiborliroq qilishga intiladiganlar juda ham kam ekan.

Foydalanuvchilar ham passiv, ham o'ta e'tiborsiz. Masalan bugunning o'zida WWDC'da yangi iPhone, Snow Leopard hamda Safari 4 namoyish etildi. Lekin bizning sevimli resursimizda haligacha ma'lumot yo'q. Bor, bir dona ma'lumot, yangi iPhone haqida, u ham chala…

Yo biz bunday yangiliklarni nazarimizga ilmaymiz, yoki bizga bu narsa qiziq emas. Internetdagi barcha uchun qiziq bo'lgan narsa biz uchun umuman qiziq emas.
JrShohin 10 июня 2009, 07:17 #
0 
uzblogger, ajoyib maqola! Bravo! :) faqat shu vaqt kamlik qiladida, va tanballik ozgina bor maqola yozishga)) Lekin maslahatlaringiz o'rinli.

Faqatgina ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar izohlarini qoldirishlari mumkin. Iltimos, o`z nomingiz bilan kiring, ro`yxatdan o`tmagan bo`lsangiz ro`yxatdan o`ting.