6 ta a`zo
ovoz bergan

LifeHack – hayotni osonlashtirish, qiyinchiliklarni yengish falsafasi

LifeHack →  Mozilla Firefox scroll tezligini oshirish



So'nggi paytlarda uzundan-uzun postlarni o'qish davomida bir narsaga e'tibor berib qoldim — saytda yuqoridan quyiga yoki aksincha scroll qilinganda juda ham sekin harakatlanar ekan. Ayniqsa eski sichqonchaning scroll g'ildiragi har bir scroll qilinganida g'ich-g'ich deb ovoz chiqaradigan bo'lsa, bu haqiqiy bosh og'riq deb hisoblayvering. Ushbu muammoni quyidagicha hal qilish mumkin:

1) about:config sahifasini ochamiz

2) mousewheel.acceleration.start qatorini topamiz va scroll tezligini oshirish uchun uni necha marta aylantirish kerakligini ko'rsatamiz.

3) mousewheel.acceleration.factor qatorida esa necha marta tezroq scroll qilishni hohlasangiz, o'sha qiymatni kiritasiz.

Menda ushbu qiymatlar o'z navbatida 2 a 6 ko'rsatilgan. O'zingizga ma'qul ko'rsatkichlarni qo'ying va sinab ko'ring, natijasi bilan o'rtoqlashasiz degan umiddaman.

via Mozilla Links
2

LifeHack →  Aynan bugun!

Quyida keltirilgan qatorlar meni har tong ruhlantiradi. Ular Sibilla F. Partrij qalamiga mansub. Balki sizga ham yoqib qolar.



1) Aynan bugun men baxtli bo'laman. Bu degani, men o'z-o'zimga: «Ko'pchiligimiz qanchalik baxtli bo'lishni xohlasak, aynan shu miqdorda baxtlimiz», – deyman. Baxt insonning ichidan kelib chiqadi, tashqi omillar unga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.

2) Aynan bugun men haqiqatda mavjud narsalar bilan hisoblashaman va dunyoni mening xohishlarim bilan hisoblashishga zo'rlamayman. Men oilamni, ishimni va taqdirimni borligicha qabul qilaman va ularga moslashishga harakat qilaman.

3) Aynan bugun men o'z organizmim haqida o'ylayman. Men uni jismoniy mashqlar, to'g'ri ovqatlanish va tanamni ayash bilan mustahkamlayman.


( Davomi )
4

LifeHack →  Tushkunlikdan chiqish uchun to'rt qadam

1) Uydan chiqib, aylanib keling. Tushkunlik yetarlicha jismoniy mashqlar bilan shug'ullanmaslikdan kelib chiqishi mumkin. Har kuni sayr uchun vaqt ajrating. Velosiped haydasangiz yoki sport klubiga a'zo bo'lsangiz – yanada yaxshi. Hafta mobaynida 4-5 marotaba 30 daqiqadan jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishni maqsad qilib qo'ying. Jismoniy mashqlar mamnunlik va baxt hissini yaratuvchi miyadagi serotonin moddasini ishlab chiqarilishini ko'paytirishi tibbiyotda isbotlangan.

2) Bir oz vaqtni quyoshda o'tkazing. Qishki mavsumiy tushkunlik quyosh nurining yetishmasligidan kelib chiqadi. Iloji boricha yorqinroq chiroqlarni uyingizga, ofisga o'rnating. Bu fototerapiya deb ataladi.


( Davomi )
3

LifeHack →  Qanday qilib osonroq uyg'onish mumkin: siz uchun 2 ta lifehack

Ko'pchilik uchun tongning eng qiyin qismi bu — uyg'onish. Eh, budilnikni o'chirib qo'ysak-u, yana uhlab qolsak! Bir xillari uyqusiragan tana buning uddasidan chiqadi va siz osonlikcha uhlab qolishingiz mumkin. Ammo, ko'p hollarda manfur budilnik sizni turg'azadi va siz ozgina asabiylashgan holda uyg'onasiz. Bu muammolarni yengishga ikki oddiygina lifehack yordam beradi. Agar siz budilnik sifatida mobil telefoningizni ishlatsangiz, ikkala usul ham to'g'ri keladi.


( Davomi )
4

LifeHack →  Steve Pavlina haqida

Steve Pavlina — ingliz tilidagi «Personal Development for Smart People» — «Aqlli odamlar uchun shaxsiy kamol topish» nomli mashhur sayt va blogning muallifi.

Steve Pavlina o'z ustida qattiq ishlashni 1991-yilning yanvarida, panjara ortida o'tirganida boshladi. Yirik o'g'rilik ustida hibsga olingan Pavlina o'zining hayoti uchun ma'suliyatni seza boshlaydi. U aynan o'zining qarorlari tufayli turmaga tushganini va shu paytda hech kim uni ozod qilishga shoshilmasligini anglab yetadi. U qayta tiklanish oson bo'lmasligini va bunga yaxshi tayyor emasligini biladi. Steve 19 yoshda edi.


( Davomi )
1