LifeHack →  Mozilla Firefox scroll tezligini oshirish



So'nggi paytlarda uzundan-uzun postlarni o'qish davomida bir narsaga e'tibor berib qoldim — saytda yuqoridan quyiga yoki aksincha scroll qilinganda juda ham sekin harakatlanar ekan. Ayniqsa eski sichqonchaning scroll g'ildiragi har bir scroll qilinganida g'ich-g'ich deb ovoz chiqaradigan bo'lsa, bu haqiqiy bosh og'riq deb hisoblayvering. Ushbu muammoni quyidagicha hal qilish mumkin:

1) about:config sahifasini ochamiz

2) mousewheel.acceleration.start qatorini topamiz va scroll tezligini oshirish uchun uni necha marta aylantirish kerakligini ko'rsatamiz.

3) mousewheel.acceleration.factor qatorida esa necha marta tezroq scroll qilishni hohlasangiz, o'sha qiymatni kiritasiz.

Menda ushbu qiymatlar o'z navbatida 2 a 6 ko'rsatilgan. O'zingizga ma'qul ko'rsatkichlarni qo'ying va sinab ko'ring, natijasi bilan o'rtoqlashasiz degan umiddaman.

via Mozilla Links
2


Rasm qo`yish
Fayl:
Manzil:
To`g`irlash:
Matn:
Izohlar(2): 
geniuz 3 февраля 2010, 06:34 #
0 
qoyil judayam zur info ;)
uzblogger 3 февраля 2010, 12:34 #
1 
ps: Firefox 3.6 versiyasiga mo'ljallangan.

Faqatgina ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar izohlarini qoldirishlari mumkin. Iltimos, o`z nomingiz bilan kiring, ro`yxatdan o`tmagan bo`lsangiz ro`yxatdan o`ting.