2 ta a`zo
ovoz bergan

Web 2.0 xizmatlari tahlili...

Web 2.0 →  manzil Spezify – rasmli qidiruv tizimi

Vatani Stokgolm bo’lgan Spazify – vizual qidiruv tizimi bo’lib, izlanayotgan so’zga oid barcha ma’lumotlarni funksional usulda rasm ko’rinishi orqali bizga havola etadi. Ushbu qidiruv xizmatini 10 yildan ortiq bu sohada ishlab kelayotgan Felix af Ekenstam va Per Perssonlar bunyod etishgan. Spezify Aprel oyida beta ko’rinishida ommaga taqdim etilgan, rasman esa olti hafta ilgari ma’lum qilindi.

Web 2.0 →  Xcerion birinchi onlayn kompyuterni ommaga taqdim etdi

Bugun Xcerion icloud nomli xizmatini taqdim etdi, ya’ni dunyoning eng birinchi onlayn kompyutirini. Onlayn kompyuterda bepul hujjatlar saqlash joyi, virtual desktop va boshqa imkoniyatlar mavjud.


( Davomi )
2

Web 2.0 →  Wordle.net



Wordle.net — so'zlar buluti o'yinchog'i.

( Davomi )
2

Web 2.0 →  TinEye



TinEye — tasvirlar bo'yicha qidiruv tizmi bo'lib, uning ishlash funksiyasi boshqa tasvir qidiruv tizimlaridan butunlay ajralib turadi.

Ushbu qidiruv tizimi siz yuklagan tasvirga o'xshash tasvirlarni ko'rsatib beradi. Qidiruv uchun tasvirni yuklaganingizdan so'ng, TinEye ushbu tasvirning raqamli imzosini yaratadi va o'zining bazasidagi boshqa tasvirlarning raqamli imzosiga solishtirib chiqqan holda, tegishli natijalarni ko'rsatib beradi.

Boshqa qidiruv tizimlari tasvirlarning nomi, ularga biriktirilgan meta ma'lumotlaridan foydalansa, TinEye qidiruv tizimi o'ziga xos tasvirni aniqlash texnologiyasidan foydalanadi. Natijada, siz ko'rsatgan tasvirlarning qisman bo'lsa ham o'zgartirilgan versiyalarini ham topish imkoniyatiga erishilgan.

Amalda sinab ko'rilgan qiziqarli tasvir natijalaridan bahramand bo'lishingiz mumkin.

Men o'zim ham sinab ko'rdim, qoyil qolmaslikning iloji yo'q. Siz ham sinab ko'rishingiz mumkin — TinEye.com.
0

Web 2.0 →  HelloTxT.COM ...

HelloTXT — bu Twitter, FaceBook va shunga o'xshash boshqa servislada o'z statusingizni tezda o'zgartishga imkon beradigan sayt.



Unda yana Funny Sentences digan bir qiziqarli narsasi bor. Siz u yerdan qiziq aforizmlar topishingiz va o'z statusingizga qo'yishingiz mumkin.
2

Web 2.0 →  Glogster



Yana bir ko'ngilochar, o'z fantaziyangizga tayanib yaqinlaringizga GLOG yaratish xizmati. U yerda siz turli otkritkalar yasashingiz, jurnal muqovalari yoki shunchaki rasm tayyorlash imkoniyatingiz bor. Xizmat bepul. Juda ko'p qo'shimcha xizmatlari bor. Shahsan o'zim mazza qildim. Yaratgan ijodingizni barcha ijtimoiy saytlarga qo'yishingiz mumkin.

P.S. uzOnline.infoga kirsangiz, aslini ko'rasiz.
1

Web 2.0 →  SkreemR



Salom do’stlar, kichkinagina tanaffusdan so’ng, yana foydali vebsaytlar topish va sizga tavsiyalarimni davom ettiraman.

Navbatdagi xizmat (jertva) musiqa yo’nalishiga tegishli bo’lib, webdagi barcha musiqa va musiqachilar qidiruv tizimidir. Menga eng yoqqani:

1. Qidirgan musiqangizni yoki musiqachingizni eshitib ko’rish imkoniyati borligi;

2. «Similar Artists» funksiyasi mavjudligi, ya’ni kiritgan musiqachingiz uslubiga o’xshab kuylovchi yana boshqa ashulachi topa olishingiz.

Bulardan tashqari yana sizga manzur bo’luvchi qo’shimcha funksiyalar ham bor.

Hayrli ishlar,

JrShohin
0

Web 2.0 →  Blogsticker



Blog yurituvchilar uchun qiziqarli xizmat. Huv anavi chapda yopishib turgan yozuvlarni(Coldplay) ushbu vebsaytdan olishingiz mumkin. Kamchiligi shunda ekanki, u yerda faqat ko’rsatilgan belgilarni qo'ya olasiz, o’zingiz yasab ularga jo’natsangiz, qabul qilishsa, shu taqdirda uni o'z blogingizda ko'rasiz. Men O’zbekiston bayrog’ini chizib, yubormoqchiman=)
0

Web 2.0 →  Blog.com



Blog oshish va uni yuritishingiz uchun yana bir xizmat. JrShohin.blog.comdan blog ochdim, blogger va wordpresslar bilan taqqoslash uchun.
Demak, blog.comning ustun va kamchiliklari:

Boshqa blog yuritish xizmatlaridan ustun tomonlari:

* Ro'yhatdan o'tish oson va qulay;
* Yengil (tez) ishlaydi;
* Sayt dizayni did bilan qurilgan;
* Post yozish va chop etishda turli jihozlar, qulayliklar bor;

Kamchiliklari:

* Post chop etishga etdimu, ammo blogning o'ziga kirsam, uni topa olmadim. Demakki, blog.com ustida ancha ishlashlik kerak.

Ishlar post tashlaguncha fantastik ko'rindi, juda qulay va tez ammo afsuski bundan keyingi umidlarim chippakka chiqdi. Post yo'q… postni topish uchun ichini titkilab chiqish kerak.

iBloggerdan blogimni ochib ko'rishni so'radim, postim ko'rinibdi.

Balki sizlarda ham ishlar, fikrlaringizni kutib qolaman :)

JrShohin \o/
1

Web 2.0 →  O`zbek tili haqida yangi portal



O’zbek tili o’rganuvchilari, o’qish muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko’rayotgan bo’lajak talabalar uchun portal. Bu yerda siz nafaqat O’zbek tili grammatikasi, balki ona tilimizga doir boshqa qiziqarli ma’lumotlar ham o’qib borishingiz mumkin. Bu xizmat yaqinda ochilganiga qaramay, ancha ma’lumotlar berilgan.

Shaxsiy fikrim: busuu.comga o’xshab «community»ga aylantirilsa, nur ustiga a’lo nur bo’lardi.

P.S. Sayt manzili — http://onatili.uz

JrShohin \o/
1

Web 2.0 →  Jahon Xaritasi



Ko’ngilochar, hamda foydali bo’lgan bir sayt. Start tugmasini bossangiz, mamlakat nomi beriladi va siz xaritadan shu mamlakatni topishingiz kerak.

Vaqtingiz foydali o'tsin,

JrShohin \o/

manba
3

Web 2.0 →  Dizayn... Brauzerdan bo'lak hech narsa kerak emas...



Endi dizaynerlarimiz uchun qo'shimcha xizmatlarni ko'rib chiqsak. Veb-brauzerning o'zidan ham dizaynerlik faoliyatini olib borish mumkinligi barchamizga sir emas. Navbatdagi sayt — Aviary.com — dizaynerlarimizga o'z fantaziyalari asosida rasm chizish, ishlov berish, bundan tashqari logo dizaynini ham yaratish imkoniyatini beradi. Bu xizmatdan bepul foydalansa ham bo'ladi (Pullik joylari ham bor albatta), ro'yhatdan o'tish qiyin emas, xullas, menga yoqdi. Sizlarga ham tavsiya qilaman va mulohazalaringizni kutib qolaman.

Ilhom tilab,

JrShohin \o/

manba
1

Web 2.0 →  Sayt bahosi

Sayt bahosi bilan qiziqib ko'rganmisiz? Navbatdagi xizmat turi aynan siz kiritgan saytni baholab beradi. Hech qanday ro'yhatdan o'tish talab qilinmaydi va baholash jarayoni juda tez.


Sabr va qanoat,

JrShohin \o/

Manba
2

Web 2.0 →  Chet tili o'rganish uchun vebsayt



Chet tillarini o'rganish uchun juda qulay vositalardan biri. Ushbu saytdan turli foydali materiallar olishingiz bilan birga, shu tilda so'zlashuvchi do'stlar ham orttirishingiz mumkin. Sayt ingliz tilida va a'zo bo'lish ham oson.

Til o'rganishingizga sabr va qanoat,

JrShohin \o/

Manba
1

Web 2.0 →  Kirish

Salom,

bugundan boshlab web 2.0 xizmatlari tahlilini olib boraman. Bu blogda siz o'zingiz uchun kerakli mavzularda websaytlarni topishingizga umid qilaman.

Siz uchun qanday mavzulardagi vebsaytlar qiziqarli bo'lsa va qidirayotgan bo'lsangiz, shu yerda qoldirishingiz mumkin.

Sabr va qanoat,

JrShohin \o/
1