WordPress →  WordPress o'zbek tilida

WordPress web olamida juda mashxur CMS (Content Management System) hisblanadi. Ushbu tizim tezlik bilan O'zbek foydalanuvchilari orasida ham ommaviylashib borayotgani hechkimga sir emas. Ushbu jarayonning oson va tez amalga oshishiga albatta WordPress tizimini o'zbek tiliga tarjima qilayotganlarning o'rni katta. Xo'sh, WordPress'ni ona tilimizga tarjima qilayotgan hamda bu tizimning UzNet'da ommaviylashuvida ishtirok etayotganlar kimlar? Ushbu savolga javob izlab avvalombor Google qidiruv xizmatiga murojaat qilamiz. Ko'rib turganingizdek natija yomon emas :)

WordPress O'zbekiston



WordPress O'zbekiston o'zi haqida shunday deydi:
Ushbu sayt orqali WordPressga tegishli ma’lumotlarni, ya’ni WordPressni o‘rnatish, o‘zbekchalashtirish va shunga o‘xshash boshqa ma’lumotlarni chop etib boramiz.

Faqat saytda ikkitagina maqola bor ekan xolos: WordPress'ni o'rnatish va tarjima qilish bo'yicha. Umuman olganda yomon emas.

UzBlogger


Keyingi qahramon UzBlogger! Ushbu saytda WordPress haqida qariyb barcha narsalar — shablonlar, plaginlar, yo'riqnomala — topish mumkin, xatto forumi ham mavjud. Menga eng yoqqan plagin Uzbek Left Single Quote Plagini, o'zbek bloggerlari uchun juda qo'l keladi. Marhamat, ushbu plagin «nima xunar» ko'rsatishi haqida UzBlogger'da o'qing.

SHINGIL


Ro'yxatimizning sovrindor uchinchi o'rinida kaminayi kamtarinning shaxsiy blogi, o'zi ham naqd beshichi (5) sahifada chiqdi :)
Xo'sh, SHINGIL'ning WordPress'ga nima aloqasi bor dersiz? Albatta savol o'rinli, ammo javobi ham taxt!
Birinchidan, SHINGIL WordPress'da ishlaydi, ishonmasangiz ishib keting!
Ikkinchidan, WordPress Default shabloning o'zbek tiliga tarjimasi aynan kaminaning ijodi mahsuli.

Boshqalar


Ro'yxatimizning (hozircha) sovrindor bo'lmagan o'rinlarida (men bilgan) quyidagilar mavjud:
  • Blogger.uz — O'zbek foydalanuvchilari uchun WordPress asosida ishlaydigan bepul blog xizmati

  • UzLiveNet — Garchi WordPress tizimining o'zbek tiliga tarjima qilishda bevosita ishtirok etmayotgan proyekt bo'lsada, «Qani, Wordpress CMS yordamida ishlaydigan o'zbek tilidagi biror saytga ishora qila olasizlarmi?» degan savolga javob sifatida ko'rsatish mumkin bo'lgan sayt :)
2


Rasm qo`yish
Fayl:
Manzil:
To`g`irlash:
Matn:
Izohlar(9): 
iBlogger 24 февраля 2009, 01:29 #
0 
WordPressda yana bir o'zbekcha sayt bu — http://onatili.uz
master 24 февраля 2009, 01:42 #
1 
Albatta. Bu saytni ko'rdim, lekin u WordPress'ni o'zbekchalashtirishga bevosita aloqador emas. UzLiveNet'ni esa tavsiya qilingan, shuning uchun ro'yxatga kirdi ;)
Birodar 24 февраля 2009, 18:46 #
0 
Мақоладаги скриншот эски Wordpressдан-ку.
master 25 февраля 2009, 03:06 #
0 
Мақоладаги скриншотлар кўрсатилган сайтлардаги мавжуд (актуал) расмлар.
uzblogger 26 февраля 2009, 15:15 #
0 
e rahmat =)
master 26 февраля 2009, 19:41 #
1 
salomat bo'ling :)
Zukko 6 декабря 2009, 01:35 #
0 
Assalomu alaykum. www.zukko.uz sayti ham WP da ishlaydi. Boshlanishiga menga yoqdi, u yog'ini bilmadim, IT sohasida sal no'noqroqmiz…
uzblogger 24 декабря 2009, 10:09 #
0 
yaxshi, shu ketishda davom eting.
grabber 27 января 2010, 17:09 #
0 
hammaga omonlik tilatman

Faqatgina ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar izohlarini qoldirishlari mumkin. Iltimos, o`z nomingiz bilan kiring, ro`yxatdan o`tmagan bo`lsangiz ro`yxatdan o`ting.