WordPress →
Matt Mullenweg bilan suhbat
Hammaga mashhur WordPress — blog dasturining asoschisi Matt Mullenweg bilan suhbatni Uzbloggerda chop etgan edim, bu yerdagilar uchun ham namoyish etmoqdaman.
Demak, boshladik…

O‘zbekiston haqida eshitganmisiz? Eshitgan bo‘lsangiz, bizning mamlakatimiz va UzNet haqida nimalarni bilasiz?
Matt: Yo‘q, eshitmaganman.
Qanday omillar o‘zbek blogosferasining rivojlanishi va bloggerlar sonining o‘sishiga tezlashtirishga yordam berishi mumkin? Nima deb o‘ylaysiz?
Matt: Mening fikrimcha, eng muhim narsa bu jamoaviy ruhni rivojlantirish, xato va muvaffaqiyatni boshqalar bilan bo‘lishish. Tez muddatda juda ham yirik bo‘lib ketishni o‘ylash kerak emas — har bir jamoa bir vaqtda faqat bir kishini rivojlantiradi.
WPMU asosida yaratilayotgan yangi ijtimoy tarmoq qurish dasturi BuddyPress menda juda ham chuqur taassurotlar qoldirdi, uning yaratilish bosqichini boshidan kuzatib yuribman. Bundan tashqari yangi forum dasturi — TalkPress yaratmoqchi ekanligingiz haqida ham eshitgandim. Uning imkoniyatlari, foydalari va uning qachon e’lon qilinishi haqida ma’lumot bera olasizmi?
Matt: WordPress.com WordPress dasturi uchun qanday bo‘lsa, TalkPress ham bbPress uchun shunday bo‘ladi. (Ya’ni u yerda istagan kishi o‘zining forumini yaratish imkoniga ega bo‘ladi.) Agar qiziqsangiz bbPressni kuzatib boring.
WordPressni yaratish jarayonida nima sizni ilhomlantirgan? Bu jarayonni oxiriga yetkazishga nima yordam bergan?
Matt: Men barcha narsadan ilhomlanganman, lekin end asosiysi uning dizaynidan, foydalanishdan va men o‘zim yoqtirgan blog standardlaridan ilhomlanganman.
Men o‘zim ham WordPressdan foydalanaman, shuning uchun dastur tayyor bo‘lmasdan va uni qobiliyatli qo‘llarga topshirmasdan turib bu ishni tashlab qo‘ya olmasdim.
WordPressning inqilobiy blog dasturi bo‘lishiga qachon tushunib yetgansiz? Uni yaratishdan avvalmi yoki bir necha yuz ming yuklab olinishlardan keyinmi?
Matt: Yaratilish jarayonidan 4 yil o‘tgandan so‘ng, balki.
WordPressni bu qadar mukammal va kuchli qiluvchi asosiy omillar nima?
Matt: Dasturning o‘zagini biz tez, yengil va barcha uchun yaroqli qilishga chin dildan harakat qilamiz. Ko‘pchilik foydalanuvchilarni esa WordPress minglab plaginlar va shablonlari bilan o‘ziga tortadi.
Nima deb o‘ylaysiz, yaqin kelajakda WordPressni orqada qoldirib ketadigan, uni yo‘q qilib yuboradigan yangi blog dasturi yaralishi mumkinmi?
Matt: Albatta, har paytda har narsa yaralishi mumkin. Lekin WordPress GPLligi uchun uning o‘rniga keladigan dastur WordPressning o‘zagi asosida bo‘ladi.
Bilaman, qarta borasida omadsiz ekansiz, lekin qaysi sohada o‘zingizni eng baxtli deb bilasiz?
Matt: Sevgida.
Dunyo bo‘ylab juda ko‘plab WordCamp tadbiri uyushtirilmoqda va aksariyat hollarda siz ham ularda ishtirok etib turasiz. Agar O‘zbekistonda ham mana shunday WordCamp tadbiri tashkil qilinsa, bu yerga kelib, ko‘rishni hohlarmidingiz?
Matt: Balkim. Men oldin uni(O‘zbekistonni) xaritadan topib olishim kerak
Men iloji boricha ko‘proq WordCamp tadbirlarida ishtirok etishga harakat qilaman lekin, to‘g’risini aytsam, 20dan ortig‘ida ishtirok etolmayman, aks holda WordPressni rivojlantirish uchun vaqtim qolmaydi.
Bizning o‘zbek o‘quvchilarimiz va WordPress foydalanuvchilarimizga tilaklaringiz?
Matt: Internet barcha uchun teng imkoniyat yaratib beradi, o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan narsani sizning intilishingizdan bo‘lak hech narsa ta’qiqlay olmaydi. Televizorni o‘chirib qo‘ying. Bunday boy ma’lumotlar makonida o‘zingizni doimiy ravishda rivojlantiring.
Matt Mullenweg haqida ushbu maqola orqali tanishib olishingiz mumkin.

© 2009 |
O'zbekistonni dunyodagi ko'pchilik taniguncha hali ancha bor. Vot futbol bo'yicha Jahon Chempioni bo'lsak, Urugvaydagi bolakaylar ham O'zbekistonni xaritadan topib bera olar edi… orzular… orzular…
Casual, normalniy o'qimishli odam O'zbekistonni biladi, believe me.
Masalan mani kursdoshlarim Uzbni mandan yaxshi qilib tushuntirib berishadi. Umuman ko'pchilik o'qimishli deb bilgan o'zga yurtlik tanishlarim barchasi Uzbni bilishadi. Ko'rib kelganlarini ham ko'rdim.
Mayli, gap Uzb haqida emas, gap anavi janob Mullenweg haqida edi… shunchaki unga ko'proq count on qivorimman)))
Keyin
— Samarqand, Buxoro! — desam
Aha, — deyishadi — bu Rossiya va Afg'oniston orasidagi mamlakat shekili… — deyishadi :)
Шу жойи ёқди. Жуда манбоп маслаҳат экан.
Умуман, интервью яхши чиққан. Эксклюзив. Оригинал.
ishlatib ko'rish kerak, biroq o'rnatish wordpress-dan ko'ra qiynroq…
shu masala bo'yicha o'zbek tilida ma'lumot bo'lsa yaxshi bo'lar edi…
umuman Buddipress bo'yicha sharh bo'lsa ham…
BuddyPress haqida o'zbek tilida post yozish kerak ekan…
lekin postni saqlash tugmasi to'la ekranda bo'lganda…
to'liq ekranga va rasm qo'ysh tugmalari bir xilga o'xshab, doyim adashtib bosyapman, noqulay..;)
Faqatgina ro`yxatdan o`tgan foydalanuvchilar izohlarini qoldirishlari mumkin. Iltimos, o`z nomingiz bilan kiring, ro`yxatdan o`tmagan bo`lsangiz ro`yxatdan o`ting.