reyting
0 ovozlar
baholar
0.27

Mobster →  Internetdan musiqa qidiryapsizmi? Eslab qoling prostopleer.com

Habrdan bitta postga ko'zim tushib qoldi kirsam post prostopleer.com haqida ekan bu sayt (servis)orange last.fm kabi saytlardan mp3 ko'chirib olish imkoniyatiga ega.bu yerda deyarli hamma ijrochilar musiqalari bor ko'rin baho bering.
0

Mobster →  Drupal CMS haqida

Drupal Kontentni boshqarish tizimi 2000 yilda Belgiyalik Dris Baytert tomonidan yaratilgan.
Bu proyektni nomini kelib chiqishi bir anglashilmovchilik ortidan paydo bo’lgan.
O’sha paytda Belgiyada Antiverpen universiteti talabalari ADSL modem orqali internetga umumiy ulangan edilar va ana shu tarmoq ichida ishlovchi saytni Dris local serverga o’rnatadi.
Bu sayt o’sha internetga ulangan 8 ta student doimo bir birlari bilan aloqa qilish uchun mo’ljallangan edi. Dris universitetni bitiradi va uni do’stlari saytni internetga olib chiqishni so’rashadi keyinchalik bir birlari bilan aloqa qilib turish uchun.
Bir qancha vaqt o’tgach Dris o’z sayti uchun domen nomini olishga qaror qiladi. Sayt nomini yozib berganda Dris hatolikka yo’l qo’yadi. «Dorp.org» (jamoa belg.) nomini yozish o’rniga u adashib Drop.org (tomchi ing.) nomini yozib qo’yadi.
Yangi ochilgan saytda sayt mehmonlari asosan yangi web texnologiyalarni muhokama qila boshlaydilar. Va Dris Drop.org kodlarini 2001 yili drupal 1.0 nomi ostida ommaga chiqaradi.
2007 yili Dris Acquia kompaniyasiga asos soladi. Canonical va RedHat kompaniyalar muvaffaqiyatidan ruhlanib u bu kompaniyani yaratadi. Bu kompaniya drupal asosida yaratiladigan proyektlarga pullik yordam ko’rsatish bilan shug’ullanadi.

Hozirgi kunda 200 000 dan ortiq saytlar drupal tizimida ishlashi aytilmoqda.
Ayni paytda drupalning 5 va 6 versiyalari taqdim etilgan. Drupalning 7 versiyasi to’liq ishlab chiqilib bo’lgan va hozirgi kunda kodi muzlatilib hatoliklarni ishlash ustida ish olib borilmoqda yaqin kunlarda drupal7 ni alfa versiyasi taqdim etilishi kutilmoqda.

Drupal bu saytlar va veb dasturlar yaratish uchun o’zak vazifasini bajaruvchi skriptlar to’plamidir

Drupal yadro (core) va qoshimcha modullar (contribute modules) dan iboratdir. Drupal yordamida forumlar, bloglar dan tortib sotsial tarmoqlargacha yaratish mumkin.

Drupal tizimini standart paketi yordamida quyidagi masalalarni hal qilish mumkin.

— Forumdagi oddiy postlardan boshlab maqola va bloglargacha har qanday ma’lumotlarni yagona kategoriyalash.

— Materiallarni ierarxik joylashuvi ro’yhatlar daraxtsimon kategoriyalash

— Foydalanuvchilar, Sayt materiali va kategoriya nomlari ichida qidiruv tizimi

Foydalanuvchilar orasida sayt materiallariga cheklov qo’yish

Menyularning dinamik hosil bo’lishi

XML ni qo’llashi RSS/RDF texnologiyalari, Boshqa saytlardan ma’lumot olish (aggregatsiya), Blog yaratish klientlari dan saytga materiallar tortish (Blog API).

Odam tushinadigan URL tizimi

Bir qancha tilda ishlovchi sayt yaratish imkoni

Bitta dvijok asosida bir qancha saytlar yaratish va har bir virtual host uchun drupalning alohida konfiguratsiyalanishi.

Saytni nagruzka vaqtida ba’zi imkoniyatlarni cheklash hisobiga ishlashini ta’minlash
Mehanizmi

Til (5-versiyada) va yangilanishlarni avtomatik tarzda Drupal.orgdan yangilash.

Har bir foydalanuvchiga admin paneliga turli dizaynlar (Theme) lar qo’llash.

Kommentariylar qoldirish va ularni moderasiya qilish tizimi.

Va boshqa imkoniyatlar.

Drupal tizimida yaratilgan ko’pgina imkoniyatlar boshqa ko’pgina CMS tizimlarda ham yaratilgan. Masalan Joomlani olsak, Joomla tizimi ham Drupaldagidak GNU/GPL litsenziyasiga o’xshab erkin tarqatiluvchi dasturiy ta’minot hisoblanadi. Joomlani ko’pchilik drupalning raqobatchisi deb e’tirof etishadi. Drupalni ko’p imkoniyatlari joomlada mavjud. Ayniqsa Joomlaning administrator paneli diqqatga sazovor.
Joomlaning eng katta kamchiliklaridan biri bu uning Dasturchilar uchun APIsi unchalik mukammal yaratilmaganligi va ba’zi havfsizlik masalalari to’liq ishlab chiqarilmaganligidir.Joomla yordamida qisqa vaqt ichida ko’zga yoqadigan sayt yaratish mumkin. Lekin uni to’liqlayin ko’ngilga yoqadigan darajaga keltirish juda qiyin.

Drupalning eng katta yutuqlaridan bu tizimni juda yaxshi dokumentasiya qilingani va dasturchilarga hamma qulayliklar yaratilganidir. Drupal API yordamida php dasturchisi tez orada uncha qiyin bo’lmasa ham ba’zi dasturlarni tez vaqt ichida yarata olishidir.

/*
Drupalda ma’lumotlar bazasi abstraksiyasi (database abstraction layer) texnologiyasi qo’llaniladi. bu imkoniyat ikkita katta muammo ko’plab ma’lumotlar bazasi turlari bilan ishlash imkoni va har qanday MBga berilayotgan so’rovlarni drupal o’zi ekranlashtirishidir.
Birinchi imkoniyat har qanday SQL tipidagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlash (MySQL, PGSQL, MsSQL va Boshqalar) imkonini bersa ikkinchisi ba’zi SQL Injection turidagi hujumlarni oldini oladi.
*/
Bugungi kunda ko’plab yaratilgan scriptlar to’plamlari (dvijoklar) yaratilgan bo’lsada ular ikki turga bo’linadilar:

CMS- (content management system) bu turdagi dvijoklar asosan dasturlash malakasiga ega bo’lmagan foydalanuvchilarga qaratilgan bo’ladi bularga wordpress, joomla, PHPbb,IPB,OsCommerce larni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin.

CMF-(Content management framework) bu turdagi dvijoklar asosan dasturlash tili bilan tanish bo’lgan mutahassislarga mo’ljallanadi.Bu tizimni o’rganish biroz qiyinchilik tug’dirsada lekin dasturchi uchun har qanday qiyinchilikdagi dasturlarni yaratish imkonini beradi va dasturchi ko’p vaqtini tejaydi. Bunday tizimlarga misol qilib Zend framework, Symfony, TYPO3,Cakephp larni aytishimiz mumkin.

Lekin biz aytib o’tgan Drupal tizimini bu ikki toifaga ham kiritish mumkin.
Drupalni qo’shimcha modullari yordami bilan dasturlashdan habari bo’lmagan foydalanuvchi Internet magazin, Blog, Forum va shunga o’xshash toifadagi veb dasturlarini tashkil eta olsa, Drupalning API,Shablonlash va boshqa imkoniyatlaridan foydalanib ko’ngilga va ko’zga yoqadigan saytlarni yaratish imkoni mavjud.

Bundan tashqari Drupalda dasturchi drupal modullarini ham qo’llashi mumkin. Hozirgi paytda drupalga modul yaratish masalasi ancha standartlashgani sababli ularni imkoniyatidan dasturchi o’z proektlarida foydalanishi mumkin.

Drupal tizimi yordamida ko’pgina mashhur saytlar yaratilgan: masalan AQSH oq uyi sayti, NASA sayti, AQSH soliq hizmati sayti, Harvard sayti MTV UK sayti

Eng qizig’i shuki AQSH soliq hizmati sayt drupal 5 versiyasida ishlar edi keyinchalik AQSh hukumati 18 000 000$ pul ajratib .net texnologiyasi bilan ishlovchi tizimga o’tdilar,
Bu sayt shunchalik band ediki minutiga 3000 sahifaga so’rov kelardi. Keyinchalik bu server ham bu bandlikni ko’tara olmadi va yana Drupalga qaytish rejalashtirildi va endi yangi tizim Drupal 6 bilan ishga tushirilishi kutilmoqda.

Drupalda sayt dizayni temalar asosida yaratiladi. Bu juda ko’p imkonini beradi
Drupalda standart paketida 5ta temalar qo’shilgan. Boshqa temalarni drupal saytidan olish mumkin Tema turli texnologiyalarni qo’llab yaratilishi mumkin masalan Smarty,phptemplate va to’gridan to’gri API bilan.
Lekin meni nazarimda eng qulayi bu PHP template shablonizator yordamida temalar yaratish.Bu tizim bilan yaratiladigan tema to’liq WCC standartlarga mos keladi.
Chunki temada siz qaysi o’zgaruvchilar ekranga chiqarilishini boshqarasiz. Script va Css fayl uzatilishini drupal o’zi nazorat qiladi. Har bir ekranda ko’rsatilishi kerak bo’lgan o’zgaruvchi (funksiya bo’lishi ham mumkin) Html dagi div teglari bilan ajratiladi.
Keyin bu div lar uchun mos keluvchi css faylini yozasiz. Bu phpda shablonlar bilan ishlashda yangicha yondoshuvdir.

Tema yaratish shunchalik moslashuvchanki har bir sahifa uchun, Url ga qarab,Yoki saytdagi hamma formalar uchun dizaynlar yaratish mumkin. Va temalarda nasl olish hususiyati ham mavjud. Masalan sayt haqida sahifasi dizayni to’liq bosh sahifadan nasl oladi va Sarlavha ko’rsatishda boshqa shriftdan foydalanadi.

Har qanday medalni ikki tomoni bo’lganidek drupal ham ayrim kamchiliklari ega.

1. Obyektga yo’naltirilgan dasturlash to’liq qo’llanmasligi.Bu borada ancha tortishish mumkin. Drupal yaratuvchilari buni o’ziga hos hooks(qarmoq ilmog’i) tizimi bilan almashtirishgan. Bunga sabab deb drupalchilar obyektga yo’naltirilgan dasturlash php tilida uncha mukammal ishlab chiqmaganligi va OOP ning ko’p imkoniyatlarini massivlar va «hook» lar bilan realizatsiya qilish mumkinligini aytishadi.
2. Hook tizimi qo’llanilgani va ma’lumotlar bazasiga ko’p so’rovlar jo’natilishi sababli serverdagi bandlik muammosi. Darhaqiqat drupal boshqa tizimlardan ko’ra sekinroq ishlaydi. Lekin to’gri konfigurasiya qilingan drupal ancha yaxshi hizmat qilishi mumkin. Shu o’rinda drupalni keshlash hizmati yordamga keladi, Sahifaga so’rov kelda u boshdan genaratsiya qilinmaydi va keshdan olib beriladi. Keshlashning bir necha darajaga egaligi ham bir quvonchli holatdir.Ma’lumotlar keshi,menular keshi, bloklar keshi va hatto to’liq sahifalarni keshlash mumkin. Masalan mashhur Linux distrbutivi Ubuntuning sayti yangi taqdimot vaqtida juda katta bandlikni ham ko’tara oldi va hech qanday muammoga duch kelmadi.Lekin meni o’zimi tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, Meni kompyuterimda Dual core 2,5 with 2mb cache 1gb 800 mhz RAM Intel p43 chipset bilan 10 ta katta(views,ckk+fields,Ubercart,panels,Organic groups,Chaos tools,Advanced forum,Tagedelic va h.k) drupal modulini o’rnatishga tahminan 50 sekund vaqt ketgan (php standart konfiguratsiyasida ya’ni php.ini da har bir script uchun 30 sekund beriladi) Birinchi safar Drupal ulgurmadi, Lekin ma’lumotlar bazasida hatolik yuz bermadi. Keyin 100 sekund vaqt berilganda tahminan 50 sekundda o’rnatib bo’ldi. Umuman modullarni bittalab ham o’rnatish mumkin edi.

3. Katta proyektlar yaratish qiyinligi muammosi. Haqiqatdan Drupal yordamida Katta proyektlar yaratishga ko’p vaqt sarflashga to’gri keladi(Boshidan boshlashga undan ham ko’proq).Drupalni o’rganishga ko’p vaqt ketishi ham bor gap
0