reyting
9 ovozlar
baholar
21.05

iBlogger →  Internet Festival va saytlarning baholanishi



Mana 10 kundan beri O'zbek Milliy Internet Festivali (www.IF.uz) qatnashuvchilari bo'lmish 756 ta saytlarni baholab chiqmoqdamiz. 13 ta nominatsiya bo'yicha saytlar dizayn, usability va kontenti (tarkibi, matni)ga qarab baholandi.

Endi nominatsiyalar bo'yicha qarab chiqadigan bo'lsam, «Eng yaxshi shaxsiy sayt(blog)» nominatsiyasidagi sayt va bloglarga qo'ygan eng yaxshi baholarim egalari http://webmonster.blogger.uz/, http://ai.blogger.uz/, http://www.yerzintimur.uz/ va http://binafsha.uz/wp/ lar bo'ldi. WebMonster (Otabek aka) va Avaz akamiz haqiqatda o'zbek blogchiligiga yaxshigina hissa qo'shib kelmoqdalar. BINAFSHA.uz saytining egasi Qalandarova (shekilli?!) ham yaxshigina maqolalar bilan saytning kontentini boyitgan. Ерзин Тимур ning sayti (http://www.yerzintimur.uz) ning designi yoqdi.

«Eng yaxshi korporativ sayt» nominatsiyasi bo'yicha esa aloqa operatorlari saytlari (MTS, BeeLine va uCell), Decorimex kompaniyasining sayti (zebra.uz), Arsenal-D Studio kompaniyasining sayti (arsenal-d.uz), EastTelecom (http://eastelecom.uz/) va BEK restoranlari tarmog'ining sayti (bek.uz) yaxshi baholarga loyiq deb belgiladim.

«Mintaqaviy-o'lkashunoslik bo'yicha eng yaxshi sayt» nominatsiyasiga faqat Quqon shahri sayti (kokand.uz) va Bukhara shahri sayti (http://www.bukhara.uz/) ikkalasi sazovor deb o'ylayman. Shundayam, Quqon shahri sayti yangilanmayotgani hayron qoldirdi. «Madaniyat va san'at sohasidagi eng yaxshi sayt» nominatsiyasiga sazovor saytlarga O'zbekiston Badiiy Akademiyasi sayti (rassom.uz) va Bomond.Uz saytlarini kiritishimiz mumkin. «Tibbiyot va sog'liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi sayt» nominatsiyasiga http://www.pharmed.uz/ va http://www.farzand.uz/ saytlari loyiq deb baholadim.

Fan va ta'lim sohasidagi eng yaxshi sayt, Tarmoqli servis sohasidagi eng yaxshi sayt, Sayyohlik va sayohat sohasidagi eng yaxshi sayt, Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi eng yaxshi sayt, Elektron savdo sohasidagi eng yaxshi sayt, Yoshlar uchun eng yaxshi sayt, Davlat boshqaruvi haqida eng yaxshi sayt va Eng yaxshi OAV sayti nominatsiyalari bo'yicha ham anchagina yaxshi saytlarni uchrattim.

Endi ICTEXPO 2009 Axborot Texnologiyalari Yillik Milliy Vistavkasi va IT haftaligida g'olib saytlar e'lon qilinadi va taqdirlanadi.
0

iBlogger →  Millionlarga ishonmang! (Ikkinchi qism)


Sizni ular egallab bo'lishdi, psixologik hujumlari qurboniga aylandingiz. Dunyoga «Aldandim» deb jar solsangiz «Battar bo'l» deb aks-sado keladi go'yo. Axir hech kim sizning pulingizni yulqib olgani yo'q, o'z qo'lingiz, o'z roziligingiz bilan topshirgansiz. Pul topishning yo'llari qolmagan bo'lsa, shu yerda to'xtaysiz, manzilga yetib keldik. Oxirigacha borgan taqdiringizda ham, ular xuddi sizga o'xshab pulni silliqqina «Western Union»dan jo'natishmaydi, xatlaridan birida chek berishadi. Orzularingiz ushalganidan sarmast holda bankka borasiz, lekin bank tomonidan u amalda emasligi, yana yetmaganidek shaxsiy bank hisobingiz bo'm-bo'sh ekanligi haqida ma'lumot olasiz.

Indallosini aytadigan bo'lsak, lotoreya deb tanishtirilayotgan millonlar aslida yo'q! Xohlang ishning yarmigacha boring, xohlang ohirigacha, pulni olomaysiz. Mavjud bo'lmagan pulni qayerdan olasiz?!


( Davomi )
1

iBlogger →  Millionlarga ishonmang! (Birinchi qism)

Elektron pochtangizni tekshirasiz. Sizga xat kelibdi. Yo'q, spam ekan. O'chirishga chog'lanasizu, beixtiyor o'sha spamga qo'yilgan sarlavhalar e'tiboringizni tortadi. Ingliz tilida «Tabriklayman, siz yutdingiz!», «Pul yutug'ingizni oling!», «Mana sizga millionlar!», «Siz lotoreya g'olibisiz!», «Bu juda muhim!», «Eng yaxshi biznes-taklif» so'zlari katta harflar bilan yozilgan. Iye, bunisi qanday bo'ldi, qachon, nimada g'olib bo'libman, deb xatni ochasiz. Xabar qisqa. «Sizning e-mail adresingiz lotoreyada g'olib bo'ldi. Pulni olish uchun, ism-familiyangiz, yoshingiz, mamlakatingizni javob sifatida yozib yuboring». Ishonmaysiz. Yutib olgan pulingiz hajmi ham ishonmaydigan darajada bo'ladi. Uzun sondan keyin dollar, yevro, funt sterling belgisi. (masalan 15.000.000 $) Nima karomat ko'rsatdimki, bu pullarni yutib olaman, deysiz. Yana «orqaga» tugmasini bosishga, xatni o'chirishga chog'lanasiz. «Shoshma, mendan nima ketdi — deysiz shu payt — so'ragan shu ikki-uchta ma'lumotni yozib yuborsam bo'ldiku, qani ko'raylik-chi nima bo'larkin?».
Bir necha soat, uzog'i bilan ertasiga yana o'sha manzildan maktub keladi. Endi uch-to'rtta so'z emas, uzundan uzoq yozma nutq. Avvali jo'shqin tabriklar, o'rtasi o'zini tanishtirish (davlat xodimi, o'qimishli, muomalali inson ekanligiga amin bo'lasiz), so'ngida esa tushuntirish — bir necha yil oldin mazkur bank mijozlaridan biri aviahalokatda oilasi bilan birga halok bo'lgan, uning hisobidagi pulni hech kim talab qilmagan, shundan so'ng bank uni dunyo bo'ylab lotoreya o'yini orqali tarqatishga qaror qilgan. Pulning ma'lum foizi hamkorga (sizga xat yozgan insonga) qoladi. Sizni yana bir bor tabriklab, bu ishda muvaffaqiyat qozonmaguncha, hech kimga hech narsa aytmasligingizni tayinlashadi. Endi sizdan oldingisidan ko'proq ma'lumot talab etiladi: ish-o'qish joyingiz, diningiz, millatingiz, manzilingiz, bankdagi hisob raqamingiz (millionlarni o'tkazish uchun). Sizga ularning muomala madaniyati yuqadi, minnatdorchilik bildirib, aytganlarini yozib yuborasiz. Bankda hisobingiz bo'lmasa, ochdirasiz. Axir millionlarga osonlikcha erishish uchun bu ish bo'ptimi?


( Davomi )
1

Google →  Google Wave haqida qisqacha ma'lumot yoxud Google to'lqinlari



Shu yil may oyining oxirida Google kompaniyasidan yangicha inqilobiy loyiha ommaga tanishtirildi. Mazkur loyiha Google Wave yoki Google To'lqinlari deb nomlanib, internet olamiga yangicha qarash, yangicha tushuncha, yangicha qulayliklar olib keldi desam adashmayman. Chunki Google Wave — internetda o'zaro muloqot almashishning yangi modelidir.

Google Wave (To'lqin) o'zi nima?
To'lqin bir vaqtning o'zida ham hujjat ham suhbat:
Odamlar ancha qulayliklarga ega matn tahrirlagich, rasmlar, videomateriallar, xaritalar va boshqa narsalardan foydalangan holsa ishlashlari va muloqot qilishlari mumkin.
Umumiy va jamoaviy To'lqin:
Har qanday a'zo xat va xabarning har qanday qismiga javob berishi, ichini tahrirlashi hamda bu jarayonning har qanday bosqichida boshqa a'zolarni qo'shishi mumkin. Bu shunday holatni yaratadiki, muloqotning umumiy holati to'lqinni tasvirlaydi. Bunda har kim muloqotning har qanday qismini ko'ra olishi, kim qanday javob berdi, kim nima dediyu, kim bunga qanday munosabat bildirdi va hokazo.
Tirik To'lqin:
Muloqot davomida xabar yo'llaysizmi, javob yozasizmi, munosabatingizni bildirasizmi yoki shunchaki luqma tashaysizmi, bu siz tashkil qilgan muloqotchilarning web brauzerida yozayotganingiz o'sha zahoti ularda ko'rinib turadi. Bunday tezlikdagi muloqotni inqilob demasdan ilojimiz yuq. Nafaqat maatn, balki rasm, video va boshqa narsalarni ham shunaqa tezlikda suhbatdoshingizga yetkazishingiz mumkin. (Albatta katta hajmdagi fayllarga Gears dasturini o'rnatilishi talab qilinadi.)

P.S. Bu ilk Google Wave haqidagi tanishtiruv maqolam edi, nasib bo'lsa, kun davomida Google Wave haqida batafsilroq tavsiliy-tahliliy maqolalarimni kutib qoling.

P.S.S. O'zimni adashim bo'lgan dasturga har qancha ta'rif bersang arziydida!:D
3

Opera Software →  Opera 10 beta: yangi yig’ma va Uniteda IM paydo bo’ldi



Har doimgiday hafta oxirida Opera Desktop Team Opera 10 web brauzerining yangi yig'masini taqdim etdi.

Mazkur yig'mada:
— Opera Unite serverida yangi xizmat — Opera Messenger paydo bo'ldi. Maqsad — my.opera.com saytidagi do'stlaringiz bilan xabar almashish.
— Qizil nuqtalar — tabda sahifaning yuklanish holatini ko'rsatib turivchi indikator endi qizil emas, ko'k rangda.
— Brauzer tab interfeysiga biroz o'zgartirishlar kiritilagan.
— Unitening ishlash barqarorligi yaxshilangan.
— Va bir qancha xatolar va kamchiliklar tuzatilgan.

Yuklab olish:

Windows MSI / Windows Classic
Macintosh (Intel-only) / Macintosh (Universal)
UNIX/Linux

manba: ©
1

Statistika →  Pochta mijozlari reytingi



Campaign Monitor web xizmati pochta mijozlarining ishlatilishi bo’yicha statistikasini o’rganib chiqdi. Statistikani o’rganib chiqish uchun 300 million kishi tanlab olindi va hisoblash ishlari 6 oy davom etdi. Yuqoridagi rasmga e’tibor bersangiz, yuqori 3 ta o’rinni MS Outlook, Yahoo Mail va HotMaillar egallagan.

Bir narsaga e’tibor berishingizni so’rardim, bu yerda pochta xizmatlari statistikasi emas, balki pochta mijozlari hisobi keltirilgan. Pochta mijozlari orqali siz xohlasangiz GMaildan ham foydalanishingiz mumkin. Pochta mijozlari ham desktop (Microsoft Outlook, Thunderbird 2), ham web-dasturli (HotMail, GMail) sifatida bo’lishi mumkin.

manba: ©
2

iBlogger →  Tanaffus yoxud o'tkan kunlar tafsiloti

Assalomu alaykum, sayt o'quvchilari.

Bahorda ko'zimni operatsiya qildirganimdan keyin, internet olamida anchagina tanaffus qilib yubordim. ITishnik.Biz saytiga hattoki kirishga iloj bo'lmadi. Shu kunlarda saytga kirib, maqolalar yozilishi rosa susayganini kurib, ko'nglim rosa og'ridi. O'ylab qarasam, hamma ayb o'zimda ekan. Mana endi nasib bo'lsa, saytlarimizni sekin-astalik bilan jonlantirishga harakat qilaman.

O'tkan kunlarda sayt borasida amalga oshirilgan o'zgarishlardan biri bu sayt uchun yangi domen olingani bo'ldi. WEBDOT.uz nomi unchalik jarangdor bo'lmasada, lekin .uz zonasidaligi biroz odamga yupanch beradi.

Hozirda to'liq yangi nomga o'tishda ba'zi bir to'siqlarga duch kelinmoqda. Bu saytimizga ishlatiladigan dvijogimiz (LiveStreet) yangilanganda bir qancha xatoliklar bermoqda hamda ma'lumotlar bazasini kuchirganimizda ham krillcha harflar bilan muammolar yuzaga kelib turibdi. Bu muammoni hal qilishda Dedexes janoblariga ishonib o'tiribmiz :)

Yana bir blogim — UzLive.Netni iBlogger.uzga kuchirdim. Qisqacha aytganda, sekin-astalik bilan .uzchilikka o'tmoqdamiz. Nasib bo'lsa, shu kunlarda mendan IT sohasidagi yangiliklar, foydali va tahliliy maqolalarni kutib qoling...
3

Foydadan xoli emas →  Universal nasos



Orange kompaniyasi (Buyuk Britaniya mobil telefon kompaniyasi) telefon va boshqa gadgetlarni zaryadlash uchun oyoqqa moslashgan nasosni ishlab chiqarishini ma'lum qildi.

©
1

Google →  Google Chrome 2.0



Bugun Google Chrome brauzerining 2-stabil versiyasi chiqqanini ma'lum qildi.

Google Chrome brauzerining 1-versiyasi bilan farqlari:
— 30% tezroq;
— shakllarni avtoto'ldirish;
— yaxshilangan barqarorlik;
— to'liq sahifani kattalashtirish (rasmlari bilan);
— eslatmadagi most visited belgisini uchirish imkoniyati;
— brauzerdan qidirish uchun Suggest;
— Autoscroll;
— Acid3 99/100 va boshqa yangilanishlar.

Brauzerni http://google.com/chrome saytidan yuklab olishingiz mumkin, offline holda dasturni yuklab olish uchun esa mazkur manzilga murojaat qilasiz.

©
2

Temir-tersak →  Maktab o'quvchilari uchun Dell Latitude 2100 noutbugi



Dell kompaniyasi maktab o'quvchilariga atab narxi $369 bo'lgan Latitude 2100 nomi ostida «ta'limga mo'ljallangan» noutbugini ishlab chiqarishini ma'lum qildi.

Mazkur model usti rezina bilan qoplangan bo'lib, xavsizlik va qulaylik darajasi oshirilgan. Shuningdek, yelkaga osib yurish uchun ham mo'ljallangan.

Dell Latitude 2100 Intel's 945GSE chipsetida ishlaydi. Qolgan xususiyatlari quyida berilgan:
— Intel Atom N270 processor
— Up to 1GB fixed RAM; Additional memory slot to accommodate up to 2GB RAM total
— Display: 1024x576 LED screen, optional touch screen
— Storage options: standard hard drive options up to 250GB; SSD drive up to 16GB
— Battery: 3 and 6-cell battery options
— Wired Connectivity: 10/100/1000Mb Gigabit Ethernet
— Wireless Connectivity: 802.11g standard, option 802.11n
— Ports: 3 USB, VGA, headphone/speaker out, mic
— Expansion slot: SD/ MMC card reader


( Davomi )
0

Foydadan xoli emas →  Easy YouTube Video Downloader — Firefox uchun qo'shimcha



Easy YouTube Video Downloader — YouTubedagi video-roliklarni kompyuteringizga FireFox brauzeri orqali saqlab olish uchun qulay plagin.
1

iBlogger →  Apple mahsulotlari nomidagi "i" harfi nimani bildiradi?



Bugun HabraHabr saytini o'qib tursam, shu nomdagi maqolaga duch keldim. Bir foydalanuvchi Apple mahsulotlari nomlari oldiga qo'shiladigan «i» harfi haqida qiziqib, omma fikrini bilish uchun maqola yozgan ekan. Men ham shu maqolaga ta'sirlanib, ITishniklarimizni fikrini bilishga qiziqdim. :)

Asl maqoladagi taxminlarga ko'ra «i» harfi:
— Diqqat va e'tiborni tortish uchun;
— Dastur va mahsulotlar internet bilan bog'liq bo'lgani uchun;
— iPod uchun taxminlar: «idiots price our devices», «I prefer old-fashioned discs»;
— «intelectual» ma'noni bilgani uchun.
2

OpenSource →  OpenOffice 3.1: yuklab oling



OpenOffice dasturining yangi 3.1 versiyasi chiqdi. Yangi versiyada Mac operatsion tizimiga yanada moslashtirilgan, izoh yuborish tizimi o'rnatilgan, orfografiyani tekshirish yaxshilangan, ma'lumotlarni tartibga solish yangi mexanizmi ishlab chiqilgan, yangi taqdimot shabloni qo'shilgan, skriptlarni qo'llab-quvvatlash kengaytirilgan va boshqa o'zgartirishlar kiritilgan.
Yangi OpenOffice 3.1 haqida to'liqroq ma'lumot olish uchun mazkur manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Yuklab olish uchun esa mazkur manzilga murojaat qiling.
3
←  keyingi    oldingi  →
1 2 3 4 5