Apple → iPhone 3G S

Kuni kecha Apple kompaniyasi ommaga yangi iPhone 3G S mobil telefonini taqdim qildi. Yangi uskunaning eski iPhone 3Gga ko'ra ancha yangilanib ommaga chiqqani ko'rinib turibdi. Yangi qurilma 3Megapixel kamera, tezkor video yozib olish va tahrirlash, 3Gtarmog'ida 5 soat gaplashish, WiFi tarmog'ida 9soat ishlash va eng zamonaviy ovozli boshqaruv imkoniyatlari bilan kirib keldi. Bugun(AQSHda, biz uchun kuni kecha) WWDC taqdimoti o'tkazilishi bilan kompaniyaning akciyalari narhi shiddat bilan ko'tarilib ketdi. Haloyiq yangi o'yinchoqni tezroq sotib olish istagida:)
Eng yoqimli yangiliklardan biri yangi modelning narhlarida, yangi o'yinchoq 18chi Iyundan boshlab 16gb — 199$, 32gb — 299$ narhlarida sotila boshlaydi. eski 8bglik 3G modeli esa 99$dan sotilishi belgilandi.
Barcha Olmasevarlar raqsga tushsin ;)








1976 yil 1 aprelda Steve Jobs, Steve Wozniak va Ronald Waynelar «Apple Computer, Inc» nomi ostida kompaniya tashkil qilishib, o'zlarining ilk mahsulotlarini chiqara boshlashgan. Steve Jobs va Ronald Waynelar birgalikda kompaniya uchun ilk logotipini o'ylab topishadi.
Mazkur logotipda olma daraxtining tagida Isaak Nyuton ijod qilib turgan holatini tasvirlashgan edi. Lekin tezda ilk logotipni dizayner Rob Janoff tomonidan chizilgan kamalak rangli bir tomoni tishlangan olma tasvirlangan logotip bilan almashtirishadi. Dizayner Job Apple kompaniyasining dizayneri bo'lishi bilan bir qatorda IBM va Intel kompaniyalari dizayneri sifatida ham faoliyat ko'rsatgan.
Bir tomoni tishlagan olma tasvirli logotip Isaak Nyuton xotirasiga bag'ishlangan deyilsada, yana bir taxminga ko'ra, kompyuter «otalari»dan biri Alan Turingga ham bag'ishlangan deyiladi. Alan Turing o'zini o'ldirish uchun zaharli olmani bir tomonini tishlab, vafot etgan edi.
Kamalak rangli logotip 1976 yildan 1998 yilning boshlarigacha Apple kompaniyasining asosiy logotipi bo'lib keldi. 1998 yilda Apple kompaniyasi o'zining ilk iMac shaxsiy kompyuterlarini chiqarishni boshlaganda, Steve Jobs janoblari o'sha bir tomoni tishlagan olma tasvirli logotipni bir xil (monoxromli) rangda ishlab chiqishni tavsiya qiladi
va shundan keyin qop qora rangdagi logotipni Apple mahsulotlariga yorliq sifatida ishlatisha boshlaydi. 2000 yilgacha mazkur logotip hamma mahsulotlarga qo'llanilib kelingan bo'lsa, 2000 yildan boshlab esa faqatgina qurilmalargagina ishlatisha boshlashdi. 2001 yildan 2007 yilgacha Apple kompaniyasining dasturlariga esa zamonaviy stildagi bir tomoni tishlangan olma tasvirli logotip ishlatilgan. 2007 yildan to hozirgacha o'zidan avvalgiga nisbatan sal ochroq rangdagi bir tomoni tishlangan olma tasvirli logotip Apple kompaniyasining asosiy yorlig'i sifatida qo'llanilib kelmoqda.

© 2009 |