Habaringiz bor Microsoft
bing nomli o'z qidiruv tizimini e'tiborimizga havola etdi. Oxirgi vaqtlarda bingdan foydalanuvchilar soni ortayotganligini
comScore habar beradi. Hozircha AQSH bo'yicha kunlik qidiruv qariyb 3 foizni tashkil etmoqda.
Microsoft bing taqdimot kunidan boshlab, ommani jalb etish uchun reklama orqali $80-$100 million sarflab kelyapti. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, ushbu qidiruv tizimiga qiziqishlar kundan kunga oshib boryapti.
Endi shaxsiy fikrimni bildirib o'tsam, bing menga googledan ko'ra yoqdi. Google ishqibozlari, hafa bo'lmanglar. Bunga ishonch hosil qilish uchun o'z sinovingizdan o'tkazib ko'ring. Google yoki Yahoo!dan bingga ko'chish uchun eng asosiy sabab — bing ikki gigantdan ko'ra yaxshiroq qidiruv natijalarini chiqarib beradi.
Kelajak haqida biron nima deya olmayman… Google singari ommaviy tan olingan va ommaviy qo'llanilib kelinayotgan qidiruv tizimini yaqin vaqt ichida yengish deyarli mumkin emas… Lekin juda ko'pchilik
msndan foydalanganlari uchun, bingning kelajagi borligiga umid bor… har holda bingning kunlik o'sishini kuzatish maroqli…
Fiklaringizni kutib qolaman,
JrShohin